Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh shartlari » Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi
Fatvo: 2627

O'qildi: 78

09.02.2026

/ 21 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

Savol

Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

﴿وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا ۖ إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا۝٣٢﴾

«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir — eng yomon yo‘ldir» (Isro: 32).

Ibn Kasir rahimahulloh aytadi: «Alloh taolo bandalarini zinodan, unga yaqinlashishdan, uning sabablari va uni keltirib chiqaruvchi omillardan qaytarib aytadi: «Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir», ya’ni ulkan gunohdir. «Va eng yomon yo‘ldir», yaʼni, naqadar yomon yoʻl va naqadar yomon maslakdir.

قَالَ الإِمَامُ أَحْمَدُ حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، حَدَّثَنَا حَرِيزٌ، حَدَّثَنَا سُلَيْمُ بْنُ عَامِرٍ، عَنْ أَبِي أُمَامَةَ قَالَ: إِنَّ فَتًى شَابًّا أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، ائْذَنْ لِي بِالزِّنَا، فَأَقْبَلَ الْقَوْمُ عَلَيْهِ فَزَجَرُوهُ وَقَالُوا: مَهْ. مَهْ. فَقَالَ: «ادْنُهْ، فَدَنَا مِنْهُ قَرِيبًا». قَالَ: فَجَلَسَ قَالَ: «أَتُحِبُّهُ لِأُمِّكَ؟» قَالَ: لَا. وَاللَّهِ جَعَلَنِي اللَّهُ فِدَاءَكَ. قَالَ: «وَلَا النَّاسُ يُحِبُّونَهُ لِأُمَّهَاتِهِمْ». قَالَ: «أَفَتُحِبُّهُ لِابْنَتِكَ؟» قَالَ: لَا. وَاللَّهِ يَا رَسُولَ اللَّهِ جَعَلَنِي اللَّهُ فِدَاءَكَ قَالَ: «وَلَا النَّاسُ يُحِبُّونَهُ لِبَنَاتِهِمْ». قَالَ: «أَفَتُحِبُّهُ لِأُخْتِكَ؟» قَالَ: لَا. وَاللَّهِ جَعَلَنِي اللَّهُ فِدَاءَكَ. قَالَ: «وَلَا النَّاسُ يُحِبُّونَهُ لِأَخَوَاتِهِمْ». قَالَ: «أَفَتُحِبُّهُ لِعَمَّتِكَ؟» قَالَ: لَا. وَاللَّهِ جَعَلَنِي اللَّهُ فِدَاءَكَ. قَالَ: «وَلَا النَّاسُ يُحِبُّونَهُ لِعَمَّاتِهِمْ». قَالَ: «أَفَتُحِبُّهُ لِخَالَتِكَ؟» قَالَ: لَا. وَاللَّهِ جَعَلَنِي اللَّهُ فِدَاءَكَ. قَالَ: «وَلَا النَّاسُ يُحِبُّونَهُ لِخَالَاتِهِمْ». قَالَ: فَوَضَعَ يَدَهُ عَلَيْهِ وَقَالَ: «اللَّهُمَّ اغْفِرْ ذَنْبَهُ وَطَهِّرْ قَلْبَهُ، وَحَصِّنْ فَرْجَهُ» فَلَمْ يَكُنْ بَعْدُ ذَلِكَ الْفَتَى يَلْتَفِتُ إِلَى شَيْءٍ.

Imom Ahmad aytadi: Bizga Yazid ibn Horun, Jarirdan, u Sulaym ibn Omirdan, u Abu Umomadan rivoyat qilib aytadi: Bir yigit Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, menga zino qilishga izn bering», dedi. Odamlar unga yuzlanib, uni koyidilar va: «Mah! Mah! (To‘xta! To‘xta! Bu nima deganing!)», deyishdi. Shunda (Nabiy sollallohu alayhi vasallam): «Yaqinroq kel», dedilar. U zotga yaqin keldi va o‘tirdi. U zot: «Buni onangga ravo koʻrasanmi?» dedilar. U: «Yo‘q, Allohga qasam, Alloh meni sizga fido qilsin», dedi. U zot: «Odamlar ham buni onalariga ravo koʻrishmaydi», dedilar. Soʻng: «Buni qizingga ravo koʻrasanmi?» dedilar. Yigit: «Yo‘q, Allohga qasam, Alloh meni sizga fido qilsin», dedi. U zot: «Odamlar ham buni qizlariga ravo ko‘rmaydilar», dedilar. Soʻngra: «Buni singlingga ravo ko‘rasanmi?» dedilar. U: «Yo‘q, Allohga qasam, Alloh meni sizga fido qilsin», dedi. U zot: «Odamlar ham buni singillariga ravo ko‘rmaydilar», dedilar. Soʻng: «Buni ammangga ravo ko‘rasanmi?» dedilar. U: «Yo‘q, Allohga qasam, Alloh meni sizga fido qilsin», dedi. U zot: «Odamlar ham buni ammalariga ravo ko‘rmaydilar», dedilar. Soʻng: «Buni xolangga ravo ko‘rasanmi?» dedilar. U: «Yo‘q, Allohga qasam, Alloh meni sizga fido qilsin», dedi. U zot: «Odamlar ham buni xolalariga ravo ko‘rmaydilar», dedilar. Keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallam qo‘llarini uning ustiga qo‘yib: «Allohim, uning gunohini mag‘firat qil, qalbini pokla va farjini (iffatini) saqla», dedilar. Shundan keyin u yigit biror narsaga (gunohga) qayrilib ham qaramaydigan bo‘ldi» («Musnadi Ahmad», 22211; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Shuayb Arnaut taxriji», 22211).

Alloh taolo aytadi:

﴿وَالَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَٰهًا آخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ وَلَا يَزْنُونَ ۚ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ يَلْقَ أَثَامًا ۝٦٨ يُضَاعَفْ لَهُ الْعَذَابُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَيَخْلُدْ فِيهِ مُهَانًا ۝٦٩ إِلَّا مَنْ تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَالِحًا فَأُولَٰئِكَ يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا ۝٧٠ وَمَنْ تَابَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَإِنَّهُ يَتُوبُ إِلَى اللَّهِ مَتَابًا ۝٧١﴾

«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat Kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan Zotdir. Kim tavba qilib, yaxshi (amallar) qilsa, bas, albatta u Allohning (rizo-mag‘firatiga) qaytgan bo‘lur» (Furqon: 68-71).

Zinokor erkakning zinokor ayolga uylanishi joiz emas, magar har ikkisi ham Alloh azza va jallaga chin tavba qilsalar, shunda ulardan zino vasfi yo‘qoladi. Bunga Alloh taoloning ushbu soʻzi dalildir:

﴿الزَّانِي لَا يَنْكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَالزَّانِيَةُ لَا يَنْكِحُهَا إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ۝٣﴾

«Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni, zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir» (Nur: 3).

Siz Alloh azza va jallaga chin dildan tavba qilishingiz va takror sodir etgan ogʻir gunohlaringizni yuvish uchun ko‘plab solih amallar bajarishingiz lozim, shoyad Alloh sizni afv etsa. Agar sizning ham, u qizning ham tavbangiz samimiy bo‘lsa va ikkovingiz ham Allohning hukmlariga qat’iy rioya qilsangiz, keyin unga uylanishingizning zarari yo‘q. Alloh taolo chin tavba qilganlarning tavbasini qabul etadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Uylanish joiz boʻlgan ahli kitob ayol kim?

    Men «ahli kitob ayollaridan bo‘lgan iffatli ayollarga uylanish» iborasi nimani anglatishini bilmoqchiman? Qo‘l tekkizish va o‘pish kitobiya ayolga uylanishga to‘sqinlik qiladimi? Men sizning javobingizda musulmon kishi iffatli ayolgagina uylanishi kerakligini o‘qidim. Bu faqat kitobiya ayolga tegishlimi yoki musulmon qizga ham taalluqlimi? Qo‘l tekkizish va o‘pish «iffat» so‘zi ta’rifiga kiradimi? Nikohdan oldin qo‘l tekkizish zarur deb o‘ylaydigan yosh musulmon yigitga qanday maslahat berasiz?
  • Telefon orqali nikoh

    Men bir qizga nikohlanmoqchiman, lekin uning otasi boshqa mamlakatda. Hozirda men moliyaviy va boshqa sabablarga ko‘ra uning oldiga borib, barchamiz jamlanib nikoh aqdini amalga oshirishga imkonim yo‘q. O‘zim g‘arb mamlakatida yashayman. Men uning otasi bilan telefon orqali gaplashsam va u menga: «Senga qizim falonchini nikohladim», deb aytsa, men: «Qabul qildim», desam nikoh bog‘lanadimi?Agar qiz ham rozi bo‘lsa va ikkita musulmon guvoh telefonning ovoz kuchaytirgichi orqali bizning suhbatimizni eshitsa, bu shariatga ko‘ra to‘g‘ri nikoh aqdi hisoblanadimi?
  • Nikohning ruknlari, shartlari va valiyning shartlari

    Nikoh shartnomasining ruknlari qanday? Uning shartlari nimalardan iborat?
  • Musulmonlarning LGBTga munosabati

    Men hozirda Osiyo qit’asida, xususan, Malayziyada geylarga zulm qilinishi masalasini tadqiq qilmoqdaman. Sizdan ba’zi savollarimga javob berishingizni so‘rayman. 1. Malayziyada geylarga (xoh musulmon va g‘ayridin bo‘lsin) qanday muomala qilinadi? 2. Bu ishga beriladigan jazo qanchalik ogʻir? 3. Jamiyat gomoseksuallikni qay darajada tushunadi? 4. LGBT qonuniymi (qonun tomonidan ruxsat etilganmi)?
  • Zinodan tugʻilgan farzand

    Agar islomni qabul qilishimdan oldin bir arab erkakdan farzand ko‘rganman. So‘ng bola tug‘ilganidan bir necha yil o‘tgach islomni qabul qildim. Hozir musulmon er izlayabman, ammo bu bola bilan nima qilishim kerakligini bilmayabman. Unga chin otasi haqida nimani aytishim lozim? Boshqalarga nima deyishim kerak? Farzandga otasi to‘g‘risida xabar berish yoki odamlarga bolaning kelib chiqishi haqidagi haqiqatni aytishim shartmi?
  • Zino qilgan kishining solih amallari qabul boʻladimi?

    Alloh taolo zino qilgan odamning namozi va ro‘zasini, agar tavba qilsa, uning tavbasini qabul qiladimi?