Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2593

O'qildi: 58

04.02.2026

/ 16 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Zilzilalar ko‘payishining sababi

Savol

Ko‘p davlatlar, masalan, Turkiya, Meksika, Tayvan, Yaponiya kabi mamlakatlarda zilzilalar yuz berdi. Bu hodisalarning biror ma’nosi bormikin?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Albatta, Alloh subhanahu va taolo Oʻzi hukm qilgan va taqdir qilgan narsalarda, shuningdek, U Oʻzi shariat qilgan va buyurgan narsalarda ham hikmatli, ham bilguvchi Zotdir. U Zot subhanahu va taolo bandalarini qoʻrqitish, ularga Oʻzining haqqidan vojib boʻlgan narsalarni eslatish, ularni Oʻziga shirk keltirishdan, Uning amriga xilof qilishdan va qaytargan narsalarini qilishdan ogohlantirish uchun xohlagan oyat-alomatlarini yaratadi va ularni taqdir qiladi. Alloh subhanahu aytadi:

﴿وَمَا نُرْسِلُ بِالْآيَاتِ إِلَّا تَخْوِيفًا﴾

«Biz mo‘jizalarni faqat (bandalarimizni halokatdan) qo‘rqitish uchungina yuborurmiz» (Isro: 59).

Yana Alloh azza va jalla aytadi:

﴿سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِي الْآفَاقِ وَفِي أَنْفُسِهِمْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ الْحَقُّ ۗ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ۝٥٣﴾

«Toki ularga (ushbu Qur’on rostdan ham Alloh tomonidan nozil qilingan) Haq (Kitob) ekanligi aniq ma’lum bo‘lgunicha, albatta, Biz ularga atrof-ofoqdagi va o‘z vujudlaridagi (Bizning borligimiz va qudratimizga dalolat qiladigan) oyat-alomatlarimizni ko‘rsatajakmiz. Axir (ularga) Parvardigoringizning barcha narsaga guvoh ekani  yetarli emasmi?!» (Fussilat: 53).

U Zot yana aytadi:

﴿قُلْ هُوَ الْقَادِرُ عَلَىٰ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِنْ فَوْقِكُمْ أَوْ مِنْ تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا وَيُذِيقَ بَعْضَكُمْ بَأْسَ بَعْضٍ﴾

«Ayting: «U sizlarga ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga, yoki sizlarni guruh-guruh qilib aralashtirib — qorishtirib yuborib ayrimlaringizga ayrimlaringizning zararini totdirib qo‘yishga qodir bo‘lgan Zotdir» (An’om: 65).

عَنْ جَابِرٍ قَالَ: «لَمَّا نَزَلَتْ هَذِهِ الْآيَةُ: ﴿قُلْ هُوَ الْقَادِرُ عَلَى أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِنْ فَوْقِكُمْ﴾ قَالَ رَسُولُ اللهِ : أَعُوذُ بِوَجْهِكَ، قَالَ: ﴿أَوْ مِنْ تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ﴾ قَالَ: أَعُوذُ بِوَجْهِكَ، ﴿أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا وَيُذِيقَ بَعْضَكُمْ بَأْسَ بَعْضٍ﴾ قَالَ رَسُولُ اللهِ : هَذَا أَهْوَنُ، أَوْ: هَذَا أَيْسَرُ».

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ayt: «U sizga ustingizdan azob yuborishga… qodirdir» oyati nozil bo‘lganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oʻzingni Yuzing ila panoh tilayman!» dedilar, «…yoki oyog‘ingiz ostidan azob yuborishga», deganda «Oʻzingni Yuzing ila panoh tilayman!» dedilar, «…turli firqalarga aralashtirib, ba’zilaringizga ba’zilaringizning shiddatini tottirishga», deganda «Bu yengilroq [yoki «Bu osonroq»]», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 4628).

Abu Shayx al-Asbahoniy Mujohiddan bu oyatning tafsirida rivoyat qiladi: «Ayting: «U sizlarga ustingizdan azob yuborishga qodirdir» – bu qichqiriq (Qiyomat kunidagi qichqiriq), toshlar, shamol (ya’ni, qiyomat oldidan roʻy beradigan bo‘ron va halokatli shamol). «…yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga» – bu zilzila va yer yutishidir».

Shubhasiz, hozirgi kunda ko‘p joylarda sodir bo‘layotgan zilzilalar Alloh subhanahu va taolo bandalarini qo‘rqitadigan oyat-belgilar jumlasidandir. Koinotda sodir bo‘ladigan zilzilalar va bandalarga zarar yetkazib, ularga turli xil ozorlar yetkazadigan boshqa hodisalarning barchasi shirk va gunohlar sababidandir. Alloh azza va jalla aytadi:

﴿وَمَا أَصَابَكُمْ مِنْ مُصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُو عَنْ كَثِيرٍ۝٣٠﴾

«Sizlarga ne bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa — gunoh sababli (yetur). Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur» (Shuaro: 30).

U Zot yana aytadi:

﴿مَا أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللَّهِ ۖ وَمَا أَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ﴾

«(Ey inson), senga yetgan har qanday yaxshilik faqat Allohdandir. Senga yetgan har qanday yomonlik esa o‘zingning qilmishingdandir» (Niso: 79).

Alloh taolo o‘tgan ummatlar haqida shunday deydi:

﴿فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنْبِهِ ۖ فَمِنْهُمْ مَنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُمْ مَنْ أَخَذَتْهُ الصَّيْحَةُ وَمِنْهُمْ مَنْ خَسَفْنَا بِهِ الْأَرْضَ وَمِنْهُمْ مَنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ۝٤٠﴾

«Biz (ulardan) har birini o‘z gunohi bilan ushladik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yog‘dirgan kimsalar ham bordir, ular orasida qichqiriq tutib (halok bo‘lgan) kimsalar ham bordir, ular orasida Biz yerga yutdirgan kimsalar ham bordir va ular orasida Biz (suvga) g‘arq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qilguvchi bo‘lmadi, lekin ular o‘z jonlariga jabr qilguvchi bo‘ldilar» (Ankabut: 40).

Musulmon va musulmon bo‘lmagan mukallaf kishilar uchun Alloh subhanahu va taologa tavba qilish, Uning diniga to‘g‘ri amal qilish, shirkning barcha turlaridan va U Zot qaytargan gunohlardan saqlanish vojibdir. Bu bandalarning bu dunyoda ham, oxiratda ham farovonlik va barcha yomonliklardan najot topishlariga sababdir. Shuningdek, Alloh ulardan barcha balo-ofatlarni daf qilib, ularga barcha yaxshiliklarni ato etishi uchun lozimdir.

Alloh subhanahu va taolo aytadi:

﴿وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَىٰ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ وَلَٰكِنْ كَذَّبُوا فَأَخَذْنَاهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ۝٩٦﴾

«Agar u qishloqlarning ahli iymon keltirib, taqvodor bo‘lganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu Yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik. Lekin ular (payg‘ambarlarimizni) yolg‘onchi qildilar, bas, ularni o‘zlari qilgan gunohlari sababli ushladik» (A’rof: 96).

Alloh taolo ahli kitoblar haqida shunday degan:

﴿وَلَوْ أَنَّهُمْ أَقَامُوا التَّوْرَاةَ وَالْإِنْجِيلَ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِمْ مِنْ رَبِّهِمْ لَأَكَلُوا مِنْ فَوْقِهِمْ وَمِنْ تَحْتِ أَرْجُلِهِمْ﴾

«Agar ular Tavrotga, Injilga va Parvardigorlari tomonidan nozil qilingan barcha narsalarga amal qilganlarida edi, ustlaridan ham, ostlaridan ham rizqlangan bo‘lur edilar» (Moida: 66).

Alloh taolo aytadi:

﴿أَفَأَمِنَ أَهْلُ الْقُرَىٰ أَنْ يَأْتِيَهُمْ بَأْسُنَا بَيَاتًا وَهُمْ نَائِمُونَ۝٩٧أَوَأَمِنَ أَهْلُ الْقُرَىٰ أَنْ يَأْتِيَهُمْ بَأْسُنَا ضُحًى وَهُمْ يَلْعَبُونَ۝٩٨أَفَأَمِنُوا مَكْرَ اللَّهِ ۚ فَلَا يَأْمَنُ مَكْرَ اللَّهِ إِلَّا الْقَوْمُ الْخَاسِرُونَ۝٩٩﴾

«U qishloqlarning ahli balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? (Kutmaganmidilar?) Yoki u qishloqlarning ahli balo-qazoyimiz choshgoh paytida, o‘yin-kulgi qilayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjammilar? Ular Allohning «makri»dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning «makri»dan faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur» (A’rof: 97-99).

Alloma Ibn Qayyim rahimahulloh aytadi: «Alloh subhanahu va taolo ba’zi vaqtlarda yerga nafas olishga izn beradi, shunda ulkan zilzilalar sodir bo‘ladi. Buning ortidan bandalarida qo‘rquv, xavf, tavba, gunohlardan tiyilish, Alloh subhanahu va taologa yolvorish va pushaymonlik hissi paydo bo‘ladi. Ba’zi salafi solihlar zilzilalar haqida «Albatta, Rabbingiz sizlarning ortga qaytishingizni xohlayapti» deb aytganlar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Madinada zilzila sodir bo‘lganda xutba o‘qib, va’z qilganlar, soʻngra: «Agar zilzila yana takrorlansa, men sizlar bilan bu yerda yashamayman», deganlar.

Bu haqda salafi solihlardan kelgan asarlar ko‘pdir.

Zilzilalar va boshqa oyat-belgilar, quyosh tutilishi, qattiq shamol hamda toshqinlar paytida vojib bo‘lgan narsa – Alloh subhanahu va taologa tavba qilishga shoshilish, U Zotga yolvorish, ofiyat so‘rash, ko‘p zikr va istig‘for aytish. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam quyosh tutilishi paytida aytganlari kabi:

عَنْ أَبِي مُوسَى قَالَ: «خَسَفَتِ الشَّمْسُ، فَقَامَ النَّبِيُّ فَزِعًا، يَخْشَى أَنْ تَكُونَ السَّاعَةُ، فَأَتَى الْمَسْجِدَ، فَصَلَّى بِأَطْوَلِ قِيَامٍ وَرُكُوعٍ وَسُجُودٍ رَأَيْتُهُ قَطُّ يَفْعَلُهُ، وَقَالَ: هَذِهِ الْآيَاتُ الَّتِي يُرْسِلُ اللهُ، لَا تَكُونُ لِمَوْتِ أَحَدٍ وَلَا لِحَيَاتِهِ، وَلَكِنْ يُخَوِّفُ اللهُ بِهِ عِبَادَهُ فَإِذَا رَأَيْتُمْ شَيْئًا مِنْ ذَلِكَ، فَافْزَعُوا إِلَى ذِكْرِهِ وَدُعَائِهِ وَاسْتِغْفَارِهِ».

Abu Muso roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Quyosh tutildi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam qiyomat bo‘lishidan qo‘rqqandek dahshatga tushgan hollarida o‘rinlaridan turdilar-da, masjidga keldilar. Eng uzun qiyom, ruku’ va sajda ila namoz o‘qidilar, men bunday qilganlarini sira ko‘rmaganman. Keyin: «Alloh yuboradigan ushbu oyat-alomatlar biror kishining o‘limi tufayli ham, hayoti tufayli ham bo‘lmaydi. Lekin Alloh bu bilan bandalarini qo‘rqitadi. Qachon mana shunday narsani ko‘rsangiz, Uni zikr qilishga, Unga duo qilishga va Undan mag‘firat so‘rashga shoshiling», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1059; Sahihi Muslim, 916).

Shuningdek, kambag‘al va miskinlarga mehribon bo‘lish va ularga sadaqa qilish ham mustahabdir.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ وَهُوَ عَلَى الْمِنْبَرِ: «ارْحَمُوا تُرْحَمُوا، وَاغْفِرُوا يَغْفِرِ اللهُ لَكُمْ، وَيْلٌ لِأَقْمَاعِ الْقَوْلِ، وَيْلٌ لِلْمُصِرِّينَ الَّذِينَ يُصِرُّونَ عَلَى مَا فَعَلُوا وَهُمْ يَعْلَمُونَ».

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam minbarda turib shunday dedilar: «Rahm qilinglar, shunda sizga ham rahm qilinadi. Kechirimli bo‘linglar, shunda Alloh sizni kechiradi. «Soʻzlar voronkasiga» (ya’ni, gap u qulogʻidan kirib, bu qulogʻidan chiqib ketadigan, qulog‘i bilan eshitib, qalbi bilan idrok etmaydigan va amal qilmaydigan kimsalarga) halokat bo‘lsin! Bilib turib, gunohlarida davom etadigan gunohkorlarga halokat bo‘lsin!» (Musnadi Ahmad, 6541; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 897).

عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، يَبْلُغُ بِهِ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، «الرَّاحِمُونَ يَرْحَمُهُمُ الرَّحْمَنُ ارْحَمُوا أَهْلَ الْأَرْضِ يَرْحَمْكُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ».

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Rahm qiluvchilarga Rahmon Zot ham rahm qiladi. Sizlar yer ahliga rahm qilinglar, shunda osmondagi Zot sizlarga ham rahm qiladi» (Abu Dovud, 4941; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 3522).

جَرِيرَ بْنَ عَبْدِ اللهِ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ لَا يَرْحَمُ لَا يُرْحَمُ».

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhumo dedi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim rahm qilmasa, rahm qilinmas!» dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6013).

Umar ibn Abdulaziz rahimahullohdan, u kishi zilzila paytida amirlariga sadaqa qilishlarini buyurib xat yozishlari xabarlarda sobit boʻlgan.

Har qanday yomonlikdan ofiyat va salomatlik sabablaridan yana biri – hokimlar ahmoqlarning qo‘llaridan ushlab, ularni haqqa majbur qilishi, ularga nisbatan Allohning shariatini tatbiq qilishi va yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishdir. Alloh azza va jalla aytadi:

﴿وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَيُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَيُطِيعُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ ۚ أُولَٰئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ اللَّهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ۝٧١﴾

«Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar, namozni to‘kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) beradilar, Alloh va Uning payg‘ambariga itoat qiladilar. Ana o‘shalarga Alloh rahm qilur. Shak-shubhasiz, Alloh qudratli, hikmatlidir» (Tavba: 71).

Alloh azza va jalla aytadi:

﴿الَّذِينَ أُخْرِجُوا مِنْ دِيَارِهِمْ بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّا أَنْ يَقُولُوا رَبُّنَا اللَّهُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ اللَّهِ النَّاسَ بَعْضَهُمْ بِبَعْضٍ لَهُدِّمَتْ صَوَامِعُ وَبِيَعٌ وَصَلَوَاتٌ وَمَسَاجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا اسْمُ اللَّهِ كَثِيرًا ۗ وَلَيَنْصُرَنَّ اللَّهُ مَنْ يَنْصُرُهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ۝٤٠الَّذِينَ إِنْ مَكَّنَّاهُمْ فِي الْأَرْضِ أَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ وَأَمَرُوا بِالْمَعْرُوفِ وَنَهَوْا عَنِ الْمُنْكَرِ ۗ وَلِلَّهِ عَاقِبَةُ الْأُمُورِ۝٤١﴾

«Ular o‘z diyorlaridan faqatgina «Bizning Parvardigorimiz (yagona) Allohdir», deganlari uchun quvilgan zotlardir. Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf’ qilib turmas ekan, shubhasiz, Alloh nomi ko‘p zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo‘lur edi. Albatta Alloh O‘ziga (ya’ni, diniga) yordam beradigan zotlarni g‘olib qilur. Shubhasiz, Alloh kuchli, qudratlidir. Ularni (ya’ni, musulmonlarni) agar Biz Yer yuziga g‘olib qilsak — ular namozni to‘kis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning (izmidadir)» (Haj: 40-41).

Alloh subhanahu va taolo aytadi:

﴿ وَمَنْ يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَلْ لَهُ مَخْرَجًا۝٢ وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ﴾

«Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir» (Taloq: 2-3). Bu mazmundagi oyatlar ko‘pdir.

عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ أَخْبَرَهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ وَلَا يُسْلِمُهُ، وَمَنْ كَانَ فِي حَاجَةِ أَخِيهِ كَانَ اللهُ فِي حَاجَتِهِ، وَمَنْ فَرَّجَ عَنْ مُسْلِمٍ كُرْبَةً فَرَّجَ اللهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرُبَاتِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا سَتَرَهُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ».

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo bunday xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim musulmondan bir tashvishni aritsa, Alloh undan qiyomat kunining tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh qiyomat kunida uning aybini berkitadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2442; Sahihi Muslim, 6580).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : « مَنْ نَفَّسَ عَنْ مُؤْمِنٍ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ الدُّنْيَا نَفَّسَ اللهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ يَسَّرَ عَلَى مُعْسِرٍ يَسَّرَ اللهُ عَلَيْهِ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا سَتَرَهُ اللهُ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، وَاللهُ فِي عَوْنِ الْعَبْدِ مَا كَانَ الْعَبْدُ فِي عَوْنِ أَخِيهِ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim bir mo‘mindan dunyo tashvishlaridan birini aritsa, Alloh undan Qiyomat kunining tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir qiynalgan odamga yengillik qilsa, Alloh unga dunyoyu oxiratda yengillik qilib beradi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh uning aybini dunyoyu oxiratda berkitadi. Modomiki banda birodarini yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘ladi» (Sahihi Muslim, 2699). Bu ma’noni bildiruvchi hadislar juda ko‘p.

Allohdan barcha musulmonlarning ahvolini isloh qilishini, ularni dinda faqih aylashini, iymon yoʻlida to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishini, barcha gunohlari uchun Allohga tavba qilishga muvaffaq etishini, barcha musulmon hukmdorlarni isloh qilishini, ular vositasida haqni g‘olib, botilni mag‘lub qilishini, bandalari orasida Allohning shariatini joriy etishga imkon berishini, ularni va barcha musulmonlarni adashtiruvchi fitnalardan hamda shayton vasvasalaridan asrashini so‘rab iltijo qilamiz. Shubhasiz, U bunga qodir va qudratlidir.

Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u kishining oilalariga, sahobalariga va qiyomat kunigacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga Allohning salovoti va salomi bo‘lsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Daraxtlar haqida xabarlar

    Quyidagilar haqida Qur’oni va sunnatdan dalil keltira olasizmi: Tubo daraxti, abadiylik daraxti, bilim daraxti, ulkan daraxt va jannatdagi eng baland daraxt haqida. Alloh sizga goʻzal mukofot ato etsin. Bu daraxtlar musulmonlar orasida zikr qilinadi va men bularning qanchalik haqiqat ekanini aniqlashni istayman.
  • Zamzam suvining xususiyatlari

    Zamzam suvining qandaydir ahamiyati bormi? Uni davolash yoki boshqa maqsadlarda ishlatish haqida biror hadis mavjudmi? Yoki niyat qilib, ma’lum bir maqsad uchun ichish mumkinmi? Alloh sizlarga ezgulik ato etsin.
  • Nuh alayhissalomning kemasi

    Bir necha yil oldin Nuh alayhissalomning kemasi topilgani haqida eshitdim. Ular bu kemani Qur’onga asoslanib, Injilga zid ravishda topganliklari aytiladi. Bu gap rostmi?