Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Koʻpxotinlik va xotinlar orasida adolat » Bachadonini oldirgan ayol va farzand istagi bor er uchun yechim
Fatvo: 2579

O'qildi: 72

20.01.2026

/ 1 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Bachadonini oldirgan ayol va farzand istagi bor er uchun yechim

Savol

Ikki yil oldin ayolim bachadon va jinsiy a’zolarini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. U bu qadamni tuxumdonlarga ta’sir qilishi ehtimoli bor va uzoq muddatda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni inobatga olib, shifokorning tavsiyasidan so‘ng o‘z mas’uliyatiga oldi. Ammo men yana farzand ko‘rishni xohlardim. Biz musulmonmiz va men yana farzandli bo‘lib, ularni Islom ta’limotlari asosida tarbiyalashni istayman.

Operatsiyadan keyin xotinimda jismoniy va ruhiy o‘zgarishlar sezildi, uning menga nisbatan munosabati sovuqlashdi. Bu hol meni qiynamoqda, ammo men baribir uni yaxshi ko‘raman. Mening hozir ikki farzandim bor: biri o‘z o‘g‘lim, 11 yoshda, ikkinchisi xotinimning avvalgi nikohidan o‘g‘li, 15 yoshda. Kichik o‘g‘lim Islomni qabul qildi, katta o‘g‘lim esa dinga befarq. Shunga qaramay, unisini ham o‘z farzandimdek yaxshi ko‘raman.

Lekin men endi yana farzand ko‘rish, ikkinchi bor ota bo‘lish va ularni Islom dinida tarbiyalashni juda istayman. Shu bois, ikkinchi ayolga uylanish haqida o‘ylayapman. Biroq xotinim bunga qarshi, garchi u nikoh asnosida bunda shart qoʻymagan bo‘lsa ham. Agar men bu ishga qoʻl ursam, u men bilan ajrashishi mumkinligini bilaman. Men ikkilanib qoldim, xotinimdan ajralmasdan yangi hayot boshlasam to‘g‘ri bo’ladimi? Dinimizda bu masalaga qanday qaraladi? Bu borada menga qanday maslahat berasiz?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Boshqa oila qurish istagingiz haloldir va ko‘proq farzand ko‘rish maqsadingiz shar’iy jihatdan to‘g‘ridir. Xotiningizning sizga qarshi chiqishga haqqi yo‘q. Agar siz boshqa ayolga uylanganingiz uchun u siz bilan ajrashsa, buning uchun gunohkor bo‘ladi. Uni Alloh taqdir qilgan narsaga sabr qilishga buyuring va agar boshqa ayolga uylansangiz, Alloh buyurganidek adolat qilishingizni ayting. O‘zingizdagi qo‘rquv to‘sig‘ini yengib o‘ting va mehribon, serfarzand va diyonatli ayolni izlang. Qaroringiz qat’iy boʻlganda, istixora namozini o‘qing va Allohga tavakkal qiling. Allohga tavakkul qilgan kishiga, U Zotning Oʻzi yetarlidir. Alloh taolo g‘amingizni aritib, qiyinchilikdan keyin yengillik berishiga umid qiling. Katta farzandingizni ham Islomga da’vat qilishda davom eting, balki Alloh uning qalbini ochib, sizning qo‘lingiz bilan hidoyat qilar. Allohdan sizga tavfiq so‘raymiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ayollar sovg’a ulashishdagi adolat mezoni

    Bir erkakning ikki xotini bor. Bizning urf-odatlarimizga ko‘ra, er ayoli farzand ko‘rgandan so‘ng unga sovg‘a beradi. Agar xotinlardan biri farzand ko‘rsa, er ikkala xotiniga ham sovg‘a berishi kerakmi yoki faqat farzand ko‘rgan xotinigagina bersa bo‘ladimi?
  • Ustiga xotin olsa, taloq qilishini so’radi

    Ayolim bilan mening yana uylanish istagim haqida suhbatlashdik. U mendan, agar boshqa ayolga uylansam, uni taloq qilishimni so‘radi. Biz ikkalamiz ham musulmonmiz va islomiy nikoh bilan turmush qurganmiz. U nikohda boshqa ayolga uylanmasligimni shart qilmagan edi. Uning Alloh halol qilgan, ruxsat bergan narsani rad etishi va harom qilishi joizmi? Ayolim ibodatgoʻy muslimalardan. Shuning uchun shariat va sunnatga muvofiq, dalillarga asoslangan holda javob berilishini istayapti.