Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Shirkning turlari » Munajjim bashorati (burjlar, goroskop) hukmi
Fatvo: 2538

O'qildi: 72

18.01.2026

/ 29 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Munajjim bashorati (burjlar, goroskop) hukmi

Savol

Men munajjimlar bashorati (burjlar, goroskop) o‘qish va g‘aybni bilishga urinish Alloh ta’olo qaytargan harom ishlardan ekanidan xabardorman, chunki bizning kelajagimizni faqat U Zot subhonahu va taologina biladi. Shuning uchun men munajjimlar bashoratini o‘qishni tark etdim. Lekin tushlarni ta’birlash ham harommi yoki bunga ruxsat berilganmi? Men tushimda o‘g‘irlab ketilganimni ko‘rdim, so‘ngra boshqa tushimda karri bilan to‘ldirilgan dengiz qisqichbaqasini yeb o‘tirgan xolalarimdan biri meni quchoqlaganini ko‘rdim. Internetda tushlarni ta’birlaydigan sayt bor, unda o‘g‘irlanish haqidagi ta’birni o‘qidim. Unga koʻra men havas qilinmaydigan yomon vaziyatga duch kelishimni anglatar ekan. Xolamning quchoqlashi esa men qallig‘imni yo‘qotishimni bildirar emish. Bu ta’birlar to‘g‘rimi? Iltimos, bu haqda izoh bera olasizmi? Alloh sizni mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Yulduzlar ilmi, burjlar, omad va tole deb ataladigan narsalar johiliyat amallaridan boʻlib, islom dini bunday ishlarni yoʻq qilish va bularning shirk amal ekanini bayon qilish uchun nozil qilingan. Chunki bu ishlarda Alloh taolodan boshqasiga bog‘lanish, zarar va foyda berish Allohdan o‘zgasida deb e’tiqod qilish hamda g‘aybni bilishini da’vo qiluvchi, odamlarning mollariga nohaq egalik qilish va e’tiqodlarini o‘zgartirish uchun yolg‘on va boʻhton bilan ish ko‘ruvchi folbinlar va kohinlarni tasdiqlash sanaladi.

Bunga dalil:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ اقْتَبَسَ عِلْمًا مِنَ النُّجُومِ، اقْتَبَسَ شُعْبَةً مِنَ السِّحْرِ زَادَ مَا زَادَ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim yulduzlar ilmidan bir parcha o‘rgangan bo‘lsa, sehrdan bir parcha olgan bo‘ladi. Unisi ko‘paygan sari bunisi ham ko‘payaveradi» (Abu Dovud, 3905; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihut Targʻib», 3051).

عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «لَيْسَ مِنَّا مَنْ تَطَيَّرَ أَوْ تُطُيِّرَ لَهُ، أَوْ تَكَهَّنَ أَوْ تُكُهِّنَ لَهُ، أَوْ سَحَرَ أَوْ سُحِرَ لَهُ، وَمَنْ أَتَى كَاهِناً فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ؛ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ»

Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim shumlansa yoki u sababli shumlanilsa, yoxud kohinlik qilsa yoki uning uchun kohinlik qilinsa, yo bo‘lmasa sehr qilsa yoki uning uchun sehr qilinsa, u bizdan emas. Shuningdek, kim bir kohinning oldiga kelib, uning aytganlarini tasdiqlasa, bas, u Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan narsaga (Islom diniga) kufr keltiribdi» (Bazzor, 3578; Hadis hukmi: «hasan ligʻoyrihi». Manba: «Gʻoyatul marom», 289).

Kim g‘aybiy ishlardan biror narsaning ilmini bilishini da’vo qilsa, u yo kohin deyiladi yoki ma’no jihatdan kohinga sherik sanaladi, chunki Alloh taolo g‘ayb ilmini faqat O‘zigagina xos qilgan. Alloh azza va jalla aytadi:

﴿قُلْ لَا يَعْلَمُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ الْغَيْبَ إِلَّا اللَّهُ﴾

«Ayting: «Osmonlar va Yerdagi biron kimsa g‘aybni bilmas, magar Allohgina (bilur)» (Naml: 65).

Bu ishlarga bog‘lanib qolgan har bir kishiga nasihatim shuki, Allohga tavba qilsin va U Zotdan mag‘firat so‘rasin, shar’iy va kavniy sabablarni tutgan holda barcha ishlarda yolg‘iz Allohning O‘ziga suyanib, Unga tavakkul qilsin. Johiliyat davriga xos bu narsalardan voz kechib, ulardan uzoqlashsinlar. Bunday amallarni bajaradigan yoki ularning so‘zlariga ishonadigan odamlardan maslahat so‘rashdan tiyilsinlar. Allohga va Uning Rasuli sollallohu alayhi va sallamga itoat etib, o‘z dini va aqidasini saqlashga haris bo‘lsinlar.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?