Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2378

O'qildi: 89

21.12.2025

/ 1 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Mahr ayol kishining haqqidir

Savol

Men Islomning mahr haqidagi ta’limotini bilmoqchi edim. Islomda mahrga ruxsat beriladimi? Yoki gunoh deb hisoblanadimi? Agar mahr olish gunoh bo‘lsa, ilgari mahr olgan kishi uni nima qilishi kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Allohga hamd bo‘lsin. Islomda mahr ayolning to‘liq huquqlaridan bo‘lib, uni to‘la to‘kis olishi halol. Ba’zi mamlakatlarda tarqalgan «ayolga mahr berilmaydi» degan tushuncha noto‘g‘ri. Ayolga mahr berilishi vojibligi haqida juda ko‘plab dalillar mavjud:

Alloh taolo aytadi:

﴿وَآتُوا النِّسَاءَ صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً﴾

«Xotinlaringizga mahrlarini hadya kabi (ya’ni, chin ko‘ngildan, mamnunlik bilan) beringiz!» (Niso: 4).

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi: «Nihla» so‘zi «mahr» ma’nosini anglatadi.

Ibn Kasir rahimahulloh mufassirlarning bu oyat haqidagi so‘zlarining xulosasini quyidagicha bayon qiladi: «Erkak kishi ayolga mahrni albatta berishi va buni xush ko‘ngil bilan amalga oshirishi vojibdir».

Alloh taolo yana aytadi:

﴿وَإِنْ أَرَدْتُمُ اسْتِبْدَالَ زَوْجٍ مَكَانَ زَوْجٍ وَآتَيْتُمْ إِحْدَاهُنَّ قِنْطَارًا فَلَا تَأْخُذُوا مِنْهُ شَيْئًا ۚ أَتَأْخُذُونَهُ بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُبِينًا۝٢٠وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُ وَقَدْ أَفْضَىٰ بَعْضُكُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ وَأَخَذْنَ مِنْكُمْ مِيثَاقًا غَلِيظًا۝٢١﴾

«Agar bir xotinni qo‘yib, boshqa xotinga uylanmoqchi bo‘lsangizlar, avvalgisiga sanoqsiz mol-u dunyoni (mahr qilib) bergan bo‘lsangiz-da, undan biron narsani qaytarib olmangizlar! Uni bo‘hton va ochiq gunoh bilan olasizmi? Axir bir-biringiz bilan qo‘shilib, ular (ya’ni, xotinlaringiz) sizlardan qat’iy ahd-paymon olganlaridan so‘ng qanday qilib uni (ya’ni, mahrni) qaytarib olasiz?!» (Niso: 20-21).

Ibn Kasir rahimahulloh aytadi: «Ya’ni agar biringiz xotinini qo‘yib boshqasiga uylanmoqchi bo‘lsa, avvalgi xotiniga garchi juda ko‘p miqdorda mahr bergan bo‘lsada undan hech narsani qaytarib olmasin».

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ﵁، «أَنَّ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ عَوْفٍ جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللهِ ﷺ وَبِهِ أَثَرُ صُفْرَةٍ فَسَأَلَهُ رَسُولُ اللهِ ﷺ فَأَخْبَرَهُ أَنَّهُ تَزَوَّجَ امْرَأَةً مِنَ الْأَنْصَارِ قَالَ: كَمْ سُقْتَ إِلَيْهَا؟ قَالَ: زِنَةَ نَوَاةٍ مِنْ ذَهَبٍ، قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: أَوْلِمْ وَلَوْ بِشَاةٍ».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Abdurrahmon ibn Avf Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Ustida sufraning izi bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan so‘ragan edilar, bir ansoriyaga uylanganini xabar qildi. U zot sollallohu alayhi va sallam: «Unga qancha (mahr) berding?» dedilar. «Danak og‘irligicha tilla», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir qo‘y bilan bo‘lsa ham to‘y qil», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 5153).

Mahr ayolning haqqi bo‘lib, otasi yoki boshqalar uning roziligisiz olishlari mumkin emas. Abu Solih aytadi: «Ilgari kishi qizini turmushga berganda, qizining mahrini o‘zi olardi. Alloh taolo buni man qildi va

﴿وَآتُوا النِّسَاءَ صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً﴾

«Xotinlaringizga mahrlarini hadya kabi (ya’ni, chin ko‘ngildan, mamnunlik bilan) beringiz!» (Niso: 4) oyatini nozil qildi».

Shuningdek, agar ayol o‘z ixtiyori bilan mahrning bir qismidan voz kechsa, eri uni olishi mumkin.

Alloh taolo aytganidek:

﴿فَإِنْ طِبْنَ لَكُمْ عَنْ شَيْءٍ مِنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيئًا مَرِيئًا۝٤﴾

«Agar o‘zlari sizlar uchun u mahrdan biron narsani ixtiyoriy ravishda kechsalar, sizlar uni pok va muborak bilib yeyaveringlar» (Niso: 4).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Nikoh aqdida ota qiz mahriga qo‘shimcha ravishda o‘zi uchun biror narsani shart qilib qo‘yishi

    Ba’zi jamiyatlarda shunday odat borki, qizini turmushga berganda ota qizining mahriga qo‘shimcha ravishda o‘zi uchun biror narsani shart qilib qo‘yadi. Bu uning haqqimi yoki yo‘qmi?