O'qildi: 112
17.12.2025
/ 26 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Qurʼon ilmlari
Savol
Ba’zi avtomobillarda audio tizimining karnaylari oyoqlar bilan bir sathda joylashgan bo‘lib, bu karnaylar ustiga oyoqlar va poyabzallarni qo‘yish mumkin. Shunday holatda Qur’on tinglansa Allohning Kitobiga nisbatan hurmatsizlik hisoblanmaydimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar karnaylar o‘zingiz aytganingizdek oyoq yoki poyabzal ostiga joylashtirilgan bo‘lsa, ular orqali Qur’onni tinglash to‘g‘ri emas. Muqaddas Qur’onni oyoq yoki poyabzal ostidan eshitish, shubhasiz, Qur’onga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Agar kishi Qur’onni tinglashni xohlasa, karnayni oyoq darajasidan yuqoriroqqa ko‘tarishi lozim.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?