Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Qurʼon ilmlari » Musʼhaf ahkomlari » Tumor bilan hojatxonaga kirish
Fatvo: 2255

O'qildi: 8

14.12.2025

/ 23 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi: »

Tumor bilan hojatxonaga kirish

Savol

Xotinimda Qur’on oyatlari yozilgan tumor bor. U buni taqib hojatxonaga kirishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Qur’oni Karim oyatlari bor narsa bilan hojatxonaga kirish joiz emas, chunki bu Alloh azza va jallaning Kalomiga hurmatsizlikdir. Shuning uchun xotiningiz oldin ushbu tumorni yechib, keyin hojatxonaga kirishi kerak.

Nasihatimiz shuki, ayol kishi ham, bolalar ham, boshqa odamlar ham bo‘yniga Qur’on oyatlari yoki duolar bor narsani taqmasligi kerak. Garchi uni hojatxonaga olib kirmasa ham, baribir bu ish noshar’iy hisoblanadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Kofirlarning Qur’onni ushlashi joizmi?

    Qur’onni boshqa tilga, misol uchun, fransuz tiliga tarjima qilish joizmi va uni g‘ayridinlar o‘qishi mumkinmi? Alloh taolo: ﴿إِنَّهُ لَقُرْآنٌ كَرِيمٌ ۝٧٧ فِي كِتَابٍ مَكْنُونٍ ۝٧٨ لَا يَمَسُّهُ إِلَّا الْمُطَهَّرُونَ ۝٧٩﴾ «Albatta u Ulug‘ Qur’ondir! (Qur’on sehr yoki uydirma emas, balki) asralgan Kitobdagi (Lavhul-Mahfuzdagi Ulug‘ Qur’ondir). Uni faqat pok kishilargina ushlarlar» (Voqea: 77-79), deydi. Kitobning sarlavhasida shunday deyilgan: ﴿وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ مُحِيطًا ۝١٢٦ وَيَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاءِ ۖ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا یُتۡلَىٰ عَلَیۡكُمۡ فِی ٱلۡكِتَـٰبِ﴾ «Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Alloh hamma narsani ihota qilguvchi bo‘lgan Zotdir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ayting: «Ular to‘g‘risida sizlarga Alloh va Kitobda (Qur’onda) tilovat qilinadigan oyatlar fatvo berur» (Niso: 126-127).
  • Qur’onni bo‘lishib c to‘liq savobga erishadimi?

    Qur’onni ovoz chiqarmasdan o‘qish uchun birgalikda yig‘iladigan odamlar bor. Har bir kishi Qur’onning bir juzini o‘qiydi va shu yig‘ilishda butun Qur’on o‘qib bo‘linganini da’vo qiladi. Bu amal joizmi yoki bid’at hisoblanadimi?
  • Qur’onni tag’anniy qilish nima degani?

    Qur’onni tag’anniy qilishning mashru’ ekanini ko‘rsatuvchi hadislar borligini eshitdim. Bu hadislarni qanday tushunishimiz kerak?
  • Bir bemor ustida bir nechta kishi Ruqiya qilishi

    Bir bemorning ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta qori qiroat qilishi joizmi?