Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Xuluʼ — Ayolning ajrashish talabi » Ayol erining giyohvandligi sababli ajrim talab qilmogʻi
Fatvo: 204

O'qildi: 637

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Ayol erining giyohvandligi sababli ajrim talab qilmogʻi

Savol

Bir muslima ayolning eri giyohvandlikka mubtalo boʻlgan va uni shafqatsizlarcha urib, hatto oʻldirishga ham harakat qilgan. Qolaversa, ayolni toʻrt oydan buyon qarovsiz qoldirgan. Bu ishlardan soʻng ayol oʻz yurtidagi imomdan eridan ajratib yuborishni soʻradi. Imom undan sabablarni qogʻozga yozib berishini soʻradi, ammo u bunga rozi boʻlmadi. Sababi, agar yozib beray desa, butun bir kitob boʻlishini va eri hozirda mamlakatdan tashqariga safar qilganini aytmoqda. Endi u ayol nima qilishi kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: agar savolda zikr etilgan tavsif toʻgʻri boʻlsa, bu gunohning uyni vayron qilishi, oilani parokanda etishi va yakdillikni yoʻqotishida ibrat va nasihat bordir. Bu – gunohning qabih oqibatlaridandir. Shunday ekan, har bir musulmon Allohga tavba qilib, gunoh va osiylikdan tiyilishi lozim boʻladi.

Ikkinchidan: bu ayolning taloq soʻrash sababini yozishdan bosh tortishi ajablanarlidir! U aytilgan talabni bajarishi kerak. Agar shunday qilsa, unga qanday zarar bor?

Uchinchidan: Agar oʻsha shahardagi musulmon jamoasi ishlarini boshqarayotgan va soʻzi oʻtadigan shaxs juftlikning nikohda qolishi islohga olib bormasligini koʻrsa, oʻzaro kelishtirgan holda ayolni eridan ajratib xuluʼ qilishi mumkin.

Allohdan uylarimizni, musulmonlarning uylarini oshkora va yashirin fitnalardan asrashini hamda barchamizning holimizni isloh qilishini soʻraymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Taloq so‘rashga ruxsat berilgan holatlar

    Xotin hatto eri rozi bo‘lmasa ham xulu’ so‘rashi mumkinmi? Bunday holda qaysi sabablar asosli hisoblanadi?