O'qildi: 38
Noyabr 15, 2025
/ 24 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Farzand tarbiyasi
Savol
Bir musulmon ayol beva bo‘lib, uning birinchi nikohidan ikki bolasi bor. Keyingi turmushidagi erining bolalarga nisbatan qanday majburiyatlari bor? Ularga buyruq berish yoki namozga majburlash huquqiga egami?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ha, u ularni namozga buyuradi.
Abdulmalik ibn Robi’ ibn Sabra otasidan, u bobosi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bola yetti yoshga yetganda namozga buyuringlar. O‘n yoshga yetganda (ham namoz o‘qimasa), buning uchun uringlar», dedilar» (Abu Dovud, 494; Hadis hukmi: «hasan sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 495).
Ulamolar aytadilar: o‘g‘il bola o‘n yoshga to‘lganda tahorat va namoz uchun tarbiyalanadi. Tarbiyaning ma’nosi — urish, tanbeh va tahdid qilishdir. Bolaning valiysi unga tahorat va namozni yetti yoshida o‘rgatishi va buyurishi, o‘n yoshida esa uni tarbiyalashi lozim.
Buning dalili:
Abdulmalik ibn Robiy’ otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bolaga namozni yetti yoshda o‘rgatinglar va o‘n yoshda uringlar» dedilar» (Termiziy, 307; Hadis hukmi: «hasan-sahih». Manba: «Sahihi Termiziy»,407).
Boshqa rivoyatda: «Bolani yetti yoshida namozga buyuringlar, o‘n yoshida uringlar va ularning yotoqlarini ajratinglar», deyiladi.
Bu shar’iy tarbiya bolaning namozga o‘rganishi, unga ko‘nikishi va balog‘atga yetganda uni tark etmasligi uchundir. Bu masalada o‘g‘il va qiz bola o‘rtasida farq yo‘q.
Ibn Qudoma «Al-Mug‘niy» asarida namozning sifati bobida bunga e’tibor qaratadi. Ba’zi odamlar asrab olingan bolani tarbiyalashda ikkilanadilar, lekin shariatfagi to‘g‘ri mezon shuki, uning valiysi unga foyda beradigan narsalarni buyurishi, manfaati uchun ba’zan qattiqqo‘llik qilishi kerak. Buning zarari yoʻq. Shoir aytganidek: «Ular tiyilishi uchun qattiqqo‘llik qiladi, kim qat’iyatli bo‘lsa, rahm qilinadiganlarga ham ba’zan qattiqqo‘llik qiladi».
Ahli ilmlar aytishlaricha, kishi oʻz robibini (asrab olingan, tarbiya ostiga olingan bolani) o‘z farzandini uradigan narsalar uchun urishi mumkin. «Ad-Durr al-Muxtor»da ta’zir bobida ham shunday zikr qilingan.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?