O'qildi: 40
Noyabr 11, 2025
/ 20 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Farzand tarbiyasi
Savol
Avrat atrofidagi tuklarni qirtishlash fitrat sunnatlaridan ekanligi ma’lum, lekin farzandlarimizga bu shar’iy hukmni qachon o‘rgatishimiz kerak?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
O‘g‘il yoki qiz bola bu hukmni balog‘atga yaqinlashganda va avrat atrofidagi tuklar o‘sish belgilari paydo bo‘lganda bilishi kerak. Shariat bu tuklarni balog‘atga yetish alomatlaridan biri qilib belgilagan va tozalik, pokizalik hamda sog‘liqni saqlash uchun ularni olishni buyurgan.
Balog‘at yoshiga yaqinlashgan farzandga bu haqda gapirishni boshqa bilishi va eslatilishi kerak bo‘lgan masalalar ichiga kiritish lozim. Masalan, shar’iy mukallaflik ma’nosi, Alloh taoloning haqlari, mukallaf shaxs zimmasidagi majburiyatlar, gunoh amallari balog‘atdan keyin yozib borilishi, junublikdan g‘usl qilish hukmlari va shunga o‘xshash masalalar.
Agar ota-ona bu mavzuni farzandga bevosita aytishda hijolatchilik sezsalar, unga balog‘at bilan bog‘liq hukmlar haqidagi kitob yoki jurnallarni sovg’a qilishlari mumkin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?