Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Farishtalarga iymon keltirish » «Malaul a’lo»ning ma’nosi
Fatvo: 1863

O'qildi: 25

Noyabr 1, 2025

/ 10 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi: »

«Malaul a’lo»ning ma’nosi

Savol

Men hozirda islomiy urf-odatlarni o‘rganayotgan g‘ayridinman. Olimlarning payg‘ambarlar haqidagi oyatlar tafsirlari bo‘yicha ilmiy ish yozmoqdaman. Tadqiqotim davomida tez-tez uchraydigan iboralardan biri — «Mala’ul a’lo» so‘zidir. Bu iboraning ma’nosini tushunmayapman. Agar uni tushunishimga yordam bersangiz juda minnatdor bo‘lardim. Vaqtingiz va yordamingiz uchun oldindan tashakkur bildiraman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

«Mala’ul a’lo» iborasi Qur’on va sunnatda sobit bo‘lgan..


QUR’ONDAN DALILLAR

Alloh taolo Sod surasida shunday deyiladi:

﴿مَا كَانَ لِيَ مِنْ عِلْمٍ بِالْمَلَإِ الْأَعْلَىٰ إِذْ يَخْتَصِمُونَ۝٦٩إِنْ يُوحَىٰ إِلَيَّ إِلَّا أَنَّمَا أَنَا نَذِيرٌ مُبِينٌ۝٧٠﴾

(Ayting, ey Muhammad) «Mening «malaul a’lo» haqida ular tortishayotganlarida hech bilimim boʻlmagan edi. Menga faqat o‘zimning ochiq-ravshan ogohlantirguvchi ekanligim vahiy qilinmoqda, xolos» (Sod: 69-70).

Mufassirlar imomi Ibn Jarir Tabariy (Alloh rahmat qilsin) bu oyatning tafsirida shunday degan «Mening «malaul a’lo» haqida ular tortishayotganlarida hech bilimim yo‘q edi» oyati orqali Alloh taolo Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga shunday demoqda:

«Ey Muhammad, qavmingizdagi mushriklarga ayting: Rabbim menga vahiy qilib bildirishidan oldin, Mala’ul a’lo, ya’ni farishtalarning Odam alayhissalomning Yer yuziga xalifa qilinishi haqidagi tortishuvlari haqida menda hech qanday bilim yo‘q edi. Sizlarga bu ma’lumotlarni yetkazishim Qur’onning Allohning vahiysi ekaniga ochiq dalildir. Chunki Qur’on nozil bo‘lishidan oldin men bu narsani bilmasdim va guvohi bo‘lmaganman. Buni men faqat Allohning xabari orqali bildim.»

Shunga ko‘ra, «Mala’ul a’lo» — bu farishtalardir.

Bu fikrni quyidagi olimlar ham bildirgan:

Ibn Abbos (roziyallohu anhu): «Mening ‘malaul a’lo’ haqida ular tortishayotganlarida hech bilimim yo‘q edi” degan oyatdagi «Mala’ul a’lo» — farishtalardir. Ular Odamning yaratilishi haqida maslahatlashib, bahslashdilar va: «Uni Yer yuzida xalifa qilma», dedilar».

Ismoil ibn Abdurrahmon Suddiy: «Bu oyat Alloh taoloning quyidagi so‘zlari haqida:

﴿وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الْأَرْضِ خَلِيفَةً﴾

«Eslang, (ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman», deganida» (Baqara: 30).

Qatodadan, «Mening «malaul a’lo» haqida ular tortishayotganlarida hech bilimim boʻlmagan edi» oyatida: «Ular farishtalardir. Alloh taolo farishtalarga:

﴿إِنِّي خَالِقٌ بَشَرًا مِنْ طِينٍ﴾

«Albatta men loydan bir odam yaratguvchidirman» (Sod: 71), deganida, Odamning yaratilishi haqida bahslashgan edilar».

 

SUNNATDAN DALIL

Endi esa, ushbu oyatning sunnatdagi tafsiriga e’tibor qaratamiz:

عَنِابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَتَانِي اللَّيْلَةَ رَبِّي تَبَارَكَ وَتَعَالَى فِي أَحْسَنِ صُورَةٍ»، قَالَ: أَحْسَبُهُ فِي الْمَنَامِ، فَقَالَ: يَا مُحَمَّدُ، هَلْ تَدْرِي فِيمَ يَخْتَصِمُ الْمَلَأُ الْأَعْلَى، قَالَ: قُلْتُ: لَا، قَالَ: فَوَضَعَ يَدَهُ بَيْنَ كَتِفَيَّ حَتَّى وَجَدْتُ بَرْدَهَا بَيْنَ ثَدْيَيَّ، أَوْ قَالَ فِي نَحْرِي، فَعَلِمْتُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ، قَالَ: يَا مُحَمَّدُ، هَلْ تَدْرِي فِيمَ يَخْتَصِمُ الْمَلَأُ الْأَعْلَى؟ قُلْتُ: نَعَمْ، فِي الْكَفَّارَاتِ، وَالْكَفَّارَاتُ الْمُكْثُ فِي الْمَسَاجِدِ بَعْدَ الصَّلَاتِ، وَالْمَشْيُ عَلَى الْأَقْدَامِ إِلَى الْجَمَاعَاتِ، وَإِسْبَاغُ الْوُضُوءِ فِي الْمَكَارِهِ، وَمَنْ فَعَلَ ذَلِكَ عَاشَ بِخَيْرٍ وَمَاتَ بِخَيْرٍ، وَكَانَ مِنْ خَطِيئَتِهِ كَيَوْمِ وَلَدَتْهُ أُمُّهُ، وَقَالَ: يَا مُحَمَّدُ، إِذَا صَلَّيْتَ فَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ فِعْلَ الْخَيْرَاتِ وَتَرْكَ الْمُنْكَرَاتِ وَحُبَّ الْمَسَاكِينِ، وَإِذَا أَرَدْتَ بِعِبَادِكَ فِتْنَةً فَاقْبِضْنِي إِلَيْكَ غَيْرَ مَفْتُونٍ قَالَ: وَالدَّرَجَاتُ إِفْشَاءُ السَّلَامِ وَإِطْعَامُ الطَّعَامِ وَالصَّلَاةُ بِاللَّيْلِ وَالنَّاسُ نِيَامٌ.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kecha Rabbim taboraka va taolo eng go‘zal suratda huzurimga keldi» dedilar». Roviy aytadi: «Menimcha, bu u zotning tushlarida sodir bo‘lgan». U Zot azza va jalla: «Ey Muhammad, «Mala’ul a’lo» (oliy farishtalar) nima haqida bahs yuritayotganlarini bilasizmi?» dedi. Men: «Yo‘q», dedim. So‘ngra dedilar: «U Zot qo‘lini ikki kuragim orasiga qo‘ydi va men hatto ko‘kragim [yoki bo‘ynimda] uning salqinini his qildim, shunda men osmonu yerda bor narsalarni bilib oldim». U zot yana: «Ey Muhammad, «Mala’ul a’lo» (oliy farishtalar) nima haqida bahs yuritayotganlarini bilasizmi?», dedi. Men: «Ha, kafforatlar haqida, kafforatlarga namozdan so‘ng masjidlarda qolish, jamoat namozlariga piyoda borish, qiyin holatlarda tahoratni eng mukammal shaklda olish kabilar kiradi. Kim shunday qilsa, yaxshilik bilan hayot kechiradi, yaxshilik bilan vafot etadi va onasidan tug‘ilgan kunidagidek xatolaridan qutuladi», dedim. U zot: «Ey Muhammad, namoz o‘qiganingizda: «Allohumma inniy as’aluka fi’lal xoyroot va tarkal munkaroot va hubbal masaakiin, va izaa arodta bi ibaadika fitnatan faqbizniy ilayka g‘oyro maftun» (Ma’nosi: «Allohim, albatta, men Sendan yaxshi amallar qilishimni, yomonliklarni tark etishim va miskinlarga muhabbatli bo‘lishimni tilayman. Allohim, qachonki bir qavmni fitnaga duchor qilishni xohlasang, meni fitnaga uchramagan holimda jonimni olishingni so‘rayman»). U zot: «Darajalar salomni yoyish, taom tarqatish va odamlar uxlab yotgan paytda tunda namoz o‘qish bilan erishiladi», dedilar» (Termiziy, 3233; Hadis hukmi: «sahih». Manba: « Sahihul Jome’», 59).

Muborakfuriy (Alloh rahmat qilsin) bu hadisni shunday sharhlaydilar:

«Fiyma yaxtasimun — «ular nima haqida bahs yuritmoqdalar» degan ma’noni bildiradi. «Al-mala’ al-a’lo» esa Allohga eng yaqin bo‘lgan farishtalarni anglatadi. «Mala» — bu ulug‘vorlik va azamat bilan to‘lgan, sharafli zotlar. Ularga «a’lo» (oliy, yuksak) deyilishining sababi — ularning darajalari yuksak va Alloh huzuridagi maqomlari balandligidir. Ularning bahsi bu amallarni tasdiqlash va bu fazilatlarga erishgan bandalardan mamnun bo‘lishlarini bildiradi.

Alloh taolo bu holatni «muxosama» (bahs-munozara) deb atagan, chunki u savol-javob shaklida kechgan va bahsga o‘xshagan». Shuning uchun bu o‘rinda «muxosama» atamasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • «Biz oyni bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» oyatining mazmuni

    Men Islomga moyilman va 1994-yildan beri Qur’onni va shu yilning boshidan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o‘qib kelmoqdaman. Islom dini menda katta ma’naviy qoniqish hosil qildi. Men bu dinni qabul qilish niyatida ta’lim olmoqdaman. Qur’onning «Yosin» surasidagi bir oyatning ma’nosini to‘liq tushunmayapman va sizdan bu masalada yordam berishingizni soʻrayman (39-oyat): ﴿وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ۝٣٩﴾ «Biz oyni ham toki u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» (Yosin: 39). Yordamingiz uchun minnatdorman. Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarning savollariga javob berib, muammolariga yechim topib berayotganingiz uchun Alloh sizni hidoyat aylasin, himoya qilsin va barakali ato etsin.
  • Rahmon surasining 33-oyatining tafsiri

    Men arab tilini bilmaganim sababli, «Rahmon. surasining 33-oyatini tushuntirib berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizga yaxshilik bersin.
  • Kelgan odamlarga shaxsiy va maxfiy narsalar haqida xabar beruvchi shaxs

    Qalloblardan biri g‘aybni bilishini da’vo qiladi. U buni jin urgan kishilarga qiroat qilish orqali amalga oshiradi. U ularga o‘zi yozgan qog‘ozlarni yoqishni buyuradi va uni taqish uchun tumor qilib beradi. Agar davolanishga kelgan odam aroqxo‘r bo‘lsa, unga kecha aroq ichganini va qolgan aroq falon joyda ekanligini aytadi, shuningdek aroq ichishni to‘xtatmaguncha jin urishidan davolamayman, deb aytadi. Shunda o‘sha shaxs buni tan oladi. Bizga bu masala haqida fatvo bering. U bilan ovqatlanishimiz, salomlashishimiz va unga iqtido qilib namoz o‘qishimiz joizmi, chunki u ba’zan odamlarga imomlik qiladi? Biz unga nasihat qildik, lekin u nasihatimizni qabul qilmadi va to‘g‘ri yo‘lda ekanini aytdi. Iltimos, bizga fatvo bering, Alloh sizni mukofotlasin.
  • Farishtalar kimlar?

    Farishtalar kimlar? Ularning vazifalari va ko‘rinishlari qanday? Ular qancha sonda va ismlari qanday? Qachon yaratilganlar? Nimadan yaratilganlar? Eng ulug‘ farishta kim?