Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Taloq — Ajrashish » Taloq so‘rashga ruxsat berilgan holatlar
Fatvo: 1859

O'qildi: 149

31.10.2025

/ 9 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi: »

Taloq so‘rashga ruxsat berilgan holatlar

Savol

Xotin hatto eri rozi bo‘lmasa ham xulu’ so‘rashi mumkinmi? Bunday holda qaysi sabablar asosli hisoblanadi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Men bu savolni Shayx Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Jibriyn hazratlariga yo‘naltirgan edim, u kishi quyidagicha javob berdilar:

Ayol kishi eridan xulu’ so‘rashi joiz bo‘lgan holatlar quyidagilardir:


Birinchidan,
ayol erining xulqidan norozi bo‘lsa.

Masalan, er qattiqqo‘l, keskin, tez g‘azablanuvchi, arzimagan narsalar uchun tanqid qiluvchi yoki ozgina kamchilik uchun ta’na qiluvchi bo‘lsa — bu holda ayol xulu’ so‘rashi joiz.


Ikkinchidan,
erining tashqi ko‘rinishi yoqmasa.

Agar erda jismoniy nuqson, xunuklik yoki sezgi organlarida kamchiligi bo‘lsa, ayol xulu’ so‘rashga haqli bo‘ladi.


Uchinchidan,
erining iymoni, e’tiqodi noqis bo‘lsa.

Masalan, namozni tark etsa, jamoat namozlariga bormasa, Ramazonda uzrsiz ro‘za tutmasa yoki zino, ichkilik, qo‘shiq va boshqa harom ishlar bilan shug‘ullansa — ayol xulu’ so‘rashi joiz bo‘ladi.


To‘rtinchidan,
ayolning moddiy huquqlari ta’minlanmasa.

Er moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaramay, nafaqasi, kiyim-kechak yoki zarur ehtiyojlarini ta’minlamasa, ayol xulu’ so‘rashi joiz.


Beshinchidan,
agar er ayolning iffatini saqlaydigan odatdagi er-xotinlik huquqlarini ado etmasa — bu uning jinsiy zaifligi (impotentligi) tufayli yoki ayolga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolgani uchun yoki boshqasiga moyilligi sababli, yoxud yotoqda adolatli bo‘lmasa — ayol xulu’ so‘rashi joiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Ayol erining giyohvandligi sababli ajrim talab qilmogʻi

    Bir muslima ayolning eri giyohvandlikka mubtalo boʻlgan va uni shafqatsizlarcha urib, hatto oʻldirishga ham harakat qilgan. Qolaversa, ayolni toʻrt oydan buyon qarovsiz qoldirgan. Bu ishlardan soʻng ayol oʻz yurtidagi imomdan eridan ajratib yuborishni soʻradi. Imom undan sabablarni qogʻozga yozib berishini soʻradi, ammo u bunga rozi boʻlmadi. Sababi, agar yozib beray desa, butun bir kitob boʻlishini va eri hozirda mamlakatdan tashqariga safar qilganini aytmoqda. Endi u ayol nima qilishi kerak?