Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Ilm » Qur’onni bu nom bilan kim atagan
Fatvo: 1005

O'qildi: 273

26.07.2025

/ 1 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Qur’onni bu nom bilan kim atagan

Savol

Qur’onni bu nom bilan kim atagan? Men bir jurnalda Abu Bakr roziyallohu anhu deb o‘qidim, ammo buning to‘g‘riligiga ishonmayman, chunki Alloh subhanahu va taolo Inson surasida:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ تَنْزِيلًا

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Bizning o‘zimiz sizga bu Qur’onni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» (Inson: 23), degan.

Aziz birodarim, iltimos, menga bu masala haqida aniq tushuntirish bering.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Aziz birodarim, o‘z savolingizga o‘zingiz javob berdingiz, chunki Qur’onga bu nomni haqiqatda Allohning O‘zi bergan. U Zot shunday deydi:

﴿شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ﴾

«(U sanoqli kunlar) Ramazon oyidirki, bu oyda Qur’on nozil qilingan» (Baqara: 185).

Yana boshqa oyatda aytadi:

﴿أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ﴾

«Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?!» (Niso: 82).

Yana aytadi:

﴿وَإِذَا قُرِئَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَأَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ۝٢٠٤﴾

«Qachonki Qur’on qiroat qilinsa, unga quloq tutingiz va jim turingiz — shoyad (Alloh tarafidan) rahmatga sazovor bo‘lsangizlar» (A’rof: 204).

Yana marhamat qiladi:

﴿إِنَّ اللَّهَ اشْتَرَىٰ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنْفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُمْ بِأَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ ۚ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ ۖ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ وَالْقُرْآنِ﴾

«Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi — ular Alloh yo‘lida jang qilishib (kofirlarni) o‘ldiradilar va (o‘zlari ham Alloh uchun shahid bo‘lib) o‘ldiriladilar, (bunday mo‘minlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qur’onda O‘zining haq va’dasini bergandir» (Tavba: 111).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿وَمَا كَانَ هَٰذَا الْقُرْآنُ أَنْ يُفْتَرَىٰ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلَٰكِنْ تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ الْكِتَابِ لَا رَيْبَ فِيهِ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ۝٣٧﴾

«Ushbu Qur’on Allohdan o‘zga birov tomonidan to‘qilgan bo‘lishi mumkin emas. Balki, u butun olamlar Parvardigori tomonidan kelgan va (haq ekanligiga) shak-shubha bo‘lmagan o‘zidan avvalgi (Tavrot, Injil kabi) narsalarni tasdiqlovchi va (shariat hukmlaridan (iborat) mufassal Kitobdir» (Yunus: 37).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ۝٢﴾

«Darhaqiqat, Biz uni (bu oyatlarni) aqllaringizni yurgizishingiz uchun arabiy Qur’on holida nozil qildik» (Yusuf: 2).

Yana aytadi:

﴿نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ الْقَصَصِ بِمَا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ هَٰذَا الْقُرْآنَ وَإِنْ كُنْتَ مِنْ قَبْلِهِ لَمِنَ الْغَافِلِينَ۝٣﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizga ushbu Qur’onni vahiy qilish bilan qissalarning eng go‘zalini so‘ylab berurmiz. Holbuki (Qur’on nozil bo‘lishi)dan ilgari, siz (bu qissadan) bexabar kishilardan (biri) edingiz!» (Yusuf: 3).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿وَلَقَدْ آتَيْنَاكَ سَبْعًا مِنَ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنَ الْعَظِيمَ۝٨٧﴾

«Darhaqiqat, Biz sizga yetti takrorlanuvchini (ya’ni, yetti oyatdan iborat bo‘lgan, har bir rakaat namozda takrorlanadigan «Fotiha» surasini) va Ulug‘ Qur’onni ato etdik» (Hijr: 87).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿فَإِذَا قَرَأْتَ الْقُرْآنَ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ۝٩٨﴾

«(Ey mo‘min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta, quvilgan — mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘ragin!» (Nahl: 98).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿إِنَّ هَٰذَا الْقُرْآنَ يَهْدِي لِلَّتِي هِيَ أَقْوَمُ﴾

«Albatta, bu Qur’on eng To‘g‘ri Yo‘lga hidoyat qilur» (Isro: 9).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ ۙ وَلَا يَزِيدُ الظَّالِمِينَ إِلَّا خَسَارًا۝٨٢﴾

«Biz mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan Qur’on oyatlarini nozil qilurmiz. (Lekin bu oyatlar) zolim-kofir kimsalarga faqat ziyonni ziyoda qilur» (Isro: 82).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْإِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَىٰ أَنْ يَأْتُوا بِمِثْلِ هَٰذَا الْقُرْآنِ لَا يَأْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا۝٨٨﴾

«Ayting: «Qasamki, agar bor insu jin mana shu Qur’onni o‘xshashini keltirish yo‘lida birlashib, bir-birlariga yordamchi bo‘lsalar-da, uning o‘xshashini keltira olmaslar» (Isro: 88).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿وَقُرْآنًا فَرَقْنَاهُ لِتَقْرَأَهُ عَلَى النَّاسِ عَلَىٰ مُكْثٍ وَنَزَّلْنَاهُ تَنْزِيلًا۝١٠٦﴾

«Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni bo‘laklarga bo‘ldik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» (Isro: 106).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿مَا أَنْزَلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ لِتَشْقَىٰ۝٢﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishingiz uchun nozil qilmaganmiz» (Toha: 2).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿فَتَعَالَى اللَّهُ الْمَلِكُ الْحَقُّ ۗ وَلَا تَعْجَلْ بِالْقُرْآنِ مِنْ قَبْلِ أَنْ يُقْضَىٰ إِلَيْكَ وَحْيُهُ ۖ وَقُلْ رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا۝١١٤﴾

«Haq Podshoh — Alloh yuksakdir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga (Qur’on) vahiysi bitishidan ilgari qiroat qilishga shoshmang (balki farishta Jabroil Alloh tomonidan keltirgan oyatni to‘la o‘qib bo‘lganidan keyingina qiroat qiling) va ayting: «Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin» (Toha: 114).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿طس ۚ تِلْكَ آيَاتُ الْقُرْآنِ وَكِتَابٍ مُبِينٍ۝١﴾

«To, Sin. Ushbu (oyatlar) Qur’on — ochiq Kitob oyatlaridir» (Naml: 1).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿وَإِنَّكَ لَتُلَقَّى الْقُرْآنَ مِنْ لَدُنْ حَكِيمٍ عَلِيمٍ۝٦﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), shak-shubhasiz, sizga bu Qur’on dono va bilguvchi Zot dargohidan berilur» (Naml: 6).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿إِنَّ الَّذِي فَرَضَ عَلَيْكَ الْقُرْآنَ لَرَادُّكَ إِلَىٰ مَعَادٍ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta sizga (ushbu) Qur’onni (ya’ni, uni tilovat qilishni, unga amal qilishni va uni ummatlaringizga (yetkazishni) farz qilgan zot, shak-shubhasiz, sizni bir qaytadigan joyga (Makkaga) qaytarguvchidir» (Qasas: 85).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿يس۝١وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ۝٢﴾

«Yo, Sin. Hikmatli Qur’onga qasam» (Yosin: 1-2).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِنْ مُدَّكِرٍ۝٤٠﴾

«Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!» (Qamar: 40).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿إِنَّهُ لَقُرْآنٌ كَرِيمٌ۝٧٧﴾

«Albatta u Ulug‘ Qur’ondir!» (Voqea/77).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿لَوْ أَنْزَلْنَا هَٰذَا الْقُرْآنَ عَلَىٰ جَبَلٍ لَرَأَيْتَهُ خَاشِعًا مُتَصَدِّعًا مِنْ خَشْيَةِ اللَّهِ﴾

«Agar Biz ushbu Qur’onni biron tog‘ga nozil qilganimizda, albatta siz u (tog‘)ni Allohning qo‘rquvidan egilib yorilib ketgan holida ko‘rgan bo‘lur edingiz. (Lekin ayrim insonlarning dillari tog‘ning toshidan ham qattiqroq bo‘lgani sababli ularga Qur’on oyatlari ham ta’sir qilmas)» (Hashr: 21).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ الْقُرْآنَ تَرْتِيلًا۝٤﴾

«Yoxud unga (biroz) ziyoda qiling (ya’ni, kechaning yarmidan ko‘prog‘ida uxlab, istirohat qiling) va Qur’onni tartil bilan (ya’ni, dona-dona qilib) tilovat qiling!» (Muzzammil: 4).

Boshqa oyatda shunday deydi:

﴿بَلْ هُوَ قُرْآنٌ مَجِيدٌ۝٢١﴾

«Yo‘q, (ular yolg‘on deyishayotgan narsa) Buyuk Qur’ondir» (Buruj: 21).

Ushbu oyatlarning barchasini o‘qigandan so‘ng, Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nozil qilingan Kitobga «Qur’on» nomini Abu Bakr roziyallohu anhu yoki boshqa birov emas, balki Allohning O‘zi berganiga shubha qolishi mumkinmi?

Arab tilida «Qur’on» kalimasi «al-qor’» soʻzidan kelib chiqqan bo‘lib, u yig‘ish va qo‘shish ma’nolarini anglatadi. U barcha suralarning jamlanmasi bo‘lgani uchun shunday nomlangan. Shuningdek, u ilgari nozil bo‘lgan kitoblarning samaralarini o‘zida mujassam etgani yoki barcha turdagi ilmlarni o‘z ichiga olgani sababli ham shunday atalgan, degan fikrlar mavjud (Suyutiy: «al-Itqon», 1/162-163).

Soʻzimiz soʻngida, sizni tekshirilmagan manbalar, kitob va jurnallar fikringizni chalg‘itmasligi hamda haqiqatdan shubhalantirib qoʻymasligi uchun o‘qiyotgan narsalaringizni ishonchli manbalardan tekshirib koʻrishni va toʻgʻri tanlov qilishni nasihat qilamiz.

Alloh bizni va sizni foydali ilm hamda solih amallarga muvaffaq qilsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Quronni soxtalashtirishga ixtisoslashgan saytdan ogohlantirish

    Do‘stim menga internetda bir sayt borligi, unda sayt egasi Qur’on oyatlarini buzib ko‘rsatib, buni Qur’ondan deb da’vo qilayotgani haqida xabar berdi. Bu ishni to‘xtatish uchun nima qilishimiz kerak?
  • Kolonkada Qur’on tinglash

    Ba’zi avtomobillarda audio tizimining karnaylari oyoqlar bilan bir sathda joylashgan bo‘lib, bu karnaylar ustiga oyoqlar va poyabzallarni qo‘yish mumkin. Shunday holatda Qur’on tinglansa Allohning Kitobiga nisbatan hurmatsizlik hisoblanmaydimi?
  • O‘nta vasiyat

    Qur’onda ham Injildagi o‘nta vasiyatga o‘xshash narsa bormi?
  • Tumor bilan hojatxonaga kirish

    Xotinimda Qur’on oyatlari yozilgan tumor bor. U buni taqib hojatxonaga kirishi joizmi?
  • Ixlos surasining fazilatlari

    Men anchadan beri Islom ta’limotlariga ergashib kelyapman va hali ham o‘rganish jarayonidaman. Do‘stim menga duolar kitobini berdi. Kitobda men bilmaydigan ba’zi sura va oyatlarni o‘qish kerakligi aytilgan. Ular arabcha so‘zlardan iborat, lotin alifbosida yozilgan:1. Alhamdu surasi 2. Innaa fatahna surasi 3. Daloilul xoyrot 4. Allohu-s-Somad (Bu Allohning go‘zal ismlaridan birimi? Uni 500 marta takrorlash kerakmi yoki bu faqat duoning nomimi?) 5. Amma yatasaa’a surasi 6. «La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu minaz zolimin» kalimasi 100 marta.Buning matnini va qaysi surada ekanligini aytib berishingizni so‘rayman. Chunki mendagi Qur’on ingliz tilida bo‘lib, 114 suraga bo‘lingan, 30 ta emas.
  • Qur’onining Islom shariatidagi o‘rni

    Men jahon dinlari bo‘yicha kurs o‘qiyapman va quyidagi savolga javob topishda qiynalmoqdaman: Islom an’analariga ko‘ra Qur’oni Karim hukmronligining tabiati qanday? Haniyf islom merosi nuqtai nazaridan Qur’oni Karimning Islom shariatidagi o‘rni qanday?