Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat
  • Nasroniy bilan jiddiy suhbat

    Men sahifangizni ko‘zdan kechirayotib, undan zavq oldim, chunki men diniy maktabda ta’lim olayotgan nasroniy talabaman va ko‘proq bilim olishni xohlayman. Quyidagi fikrlar haqidagi qarashlaringizni bilmoqchiman, ular to‘g‘rimi?1. Islomda: Jannat may, ayollar va qo‘shiqlardan iborat. Jannatga erishish yo‘li ana shu narsalardan tiyilish, so‘ngra ular bilan mukofotlanish, shuningdek, Islomning besh rukniga amal qilishdir.2. Islomda: Najot va azobdan qutulishning kafolati yo‘q. Faqat umr bo‘yi shu yo‘lda yursangiz, Allohning najotiga va xalos bo‘lishga erishasiz, deyiladi. Hech qanday kafolat mavjud emas. Kafolatsiz yashash menga yoqmaydi. Men musulmonlar asliy gunohga ishonmasliklarini bilaman, lekin inson gunohkor boʻlib tugʻiladimi yoki yoʻqmi, bundan qatʼi nazar, inson xatokor va koʻp xato qiluvchi ekaniga qoʻshilmaysizmi? Inson o‘z xatolari va gunohlari bilan nima qiladi? Tavba haqida bilaman, ammo menga Alloh huzurida hech kim najot topolmaydigandek tuyuladi. Shu sababli, bizni o‘tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi gunohlarimizdan xalos etish uchun O‘z O‘g‘lini bizning uchun qurbon qilib, xochga mixlanib oʻldirilishi uchun yubordi.3. Islomda najot kafolati yo‘q, bunday kafolatsiz yashash haqiqatan ham dahshatli narsa. Hayotingizni yashab, qiyomat kunida xalos boʻlishingiz uchun yetarlicha solih amallar qildingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz, yetarlicha namoz oʻqidingizmi yoki yoʻqmi, bilmaysiz va hokazo… Bu haqiqatan ham dahshatli.Men koʻplab musulmon hamkasblarimdan o‘limdan so‘ng jannat yoki do‘zaxga borishlariga ishonchlari komilmi, deb so‘raganimda, ulardan ijobiy javob ololmadim. Islomda hech qanday kafolat yo‘q, chunki (bu din vakillari nasroniylardan farqli oʻlaroq, birgina) Iso Masihga ishonish orqali najot topishga ishonishmaydi; Islom insonning xatti-harakatlari va amallariga bog‘liq.Men musulmon bo‘lishni xohlasam ham buni qila olmayman. Agar musulmonlar o‘zlarini xalq orasidan tanlangan deb hisoblashsa, nega dinlarini yoymaydilar? Bu faqatgina musulmon bo‘lib tug‘ilganingiz uchun omadli bo‘lishga asoslanganmi?Agar kimdir nasroniy bo‘lishni istasa, u buni qila oladi. Har kim bir necha soniyada nasroniy bo‘lishi mumkin. Men tug‘ilganimda nasroniy bo‘lmaganman. Nasroniylar Iso Masih Allohga olib boradigan yagona yo‘l ekanligini ta’kidlaydilar.Iso Masihning o‘zi shunday degan: «Men Yoʻl, Haqiqat va Hayotman. Hech kim Otaga mening yoʻlimsiz yeta olmaydi». U «Men yo‘llardan biriman» demadi, balki «Men yo‘lman» dedi.U yana: «Men va Otam birmiz», deb aytgan.Men qanday qilib biror kishi bu haqiqatlardan koʻr boʻlishi mumkinligini tushunmayman, magar ular buni avval eshitmagan boʻlsalar.Men sizdan javob va izoh kutib qolaman.

    16.02.2026
    SaqlangSaqlandi0
  • Islomni qabul qilgani uchun kofira onasi undan voz kechdi

    Onam musulmon emas. U men bilan 13 yil oldin aloqani uzgan. Unga xat yozsam, javob bermaydi, qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni oʻchirib qoʻyishi mumkin. Manzilini oʻzgartirgan, men uning yangi manzilini bilaman, lekin borsam, yana o‘zgartiradi. Agar biror kishi men haqimda yaxshi gapirsa, u uni men tomonga yon bosyabdi deb haqorat qiladi. Bilaman, u ruhiy kasal va ilgari kasalxonada yotgan. Uyda bo‘lganida yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘radi. U Islomga qarshi ekanligini aytgan, shundan uning siqilishi sababi mening Islomni qabul qilganim ekanini bildim. Men nima qilishim kerak? Maslahat beringlar, Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.

    11.02.2026
    SaqlangSaqlandi2
  • Faxsh joyni birovga bildirmay buzish

    Hozirda bizning hududimizda tungi klub qurilmoqda. Biz bu yerda uning ochilishiga qarshi chiqishga harakat qildik, chunki u musulmon va musulmon bo‘lmagan aholimiz uchun ham katta axloqiy buzilishlarga sabab bo‘ladi. Agar bizni hech kim ko‘rmasa, bu joyni buzib tashlash joizmi? Shuni ham inobatga oling-ki, bu joy egasi unga sarflagan barcha mablag‘ini yo‘qotadi. Bu munkardan qaytarish yo‘llaridan birimi?

    04.02.2026
    SaqlangSaqlandi0
  • Xitoy millatdoshining Islom diniga ishtiyoqi va qalbidagi xavotirlari

    Islomni qabul qilishni orzu qilaman, lekin oziq-ovqat, ayniqsa cho‘chqa go‘shti masalasida ba’zi tashvishlarim bor. Men hali ham ota-onam bilan birga yashayman, biz asli xitoylikmiz va choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taom dasturxonimizdan aslo arimaydigan asosiy kundalik taomlardan hisoblanadi. Men Islomni qabul qilib, uyda ular bilan birga yashashda davom etsam, bilmagan holda yoki oldindan xabarim boʻlmay, choʻchqa goʻshtini tovuq goʻshti deb yeb qoʻyishdan xavotirdaman. Oilaviy yig‘inlar yoki tadbirlarda choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taomlardan o‘zimni tiyishga harakat qilaman, agar yeyishga majbur bo‘lsam, Allohga istigʻfor aytaman. Agar Islomni qabul qilsam va choʻchqa goʻshtini yeyishga majbur boʻlsam, Allohdan magʻfirat soʻrashim kerakmi? Men bu masaladan juda xavotirdaman va sizning maslahatingizga juda muhtojman.

    03.02.2026
    SaqlangSaqlandi0
  • Islomdan toʻsuvchi va loqaydlikka undovchilar

    Men so‘nggi bir necha oyni Islomni o‘rganish va tadqiq qilishga bag‘ishladim hamda yaqinda Qur’onni o‘qishni boshladim. Qalbimda shahodat kalimasini aytishga tayyorligimni his qilmoqdaman, ammo ba’zi musulmon do‘stlarim menga ishonishmayapti. Ular bu hayotni o‘zgartiruvchi qarorni shoshma-shosharlik bilan qabul qilmasligim haqida ogohlantirmoqdalar. Biroq, men chindan ham bu qadamni tashlashga tayyorman. Menga Islomga e’tiqod qilishim va Alloh barcha olamlarning Robbi, yagona Iloh ekanligiga guvohlik berishim uchun nima qilishim kerakligi haqida maslahat bera olasizmi? Shuni bilib qo‘yingki, men hayotimda hech qachon shoshilinch qaror qabul qilmaganman. Rahmat.

    22.01.2026
    SaqlangSaqlandi0
Davomini ko'rsat

Yuqoriga

Barcha huquqlar himoyalangan

Fatvolar© 2026 • Termiziy®