Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Otaning harom kasbidan bolaga nafaqa berish
Fatvo: 215

O'qildi: 126

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » » »

Otaning harom kasbidan bolaga nafaqa berish

Savol

Agar siz yosh boʻlsangiz va ota-onangizning kasbi-koriga gohida harom aralashsa, masalan, ular barlarda ishlashadi va ijaraga olgan uylarining sugʻurtasini toʻlashda sudxoʻrlik qilishadi. Savolim shundan iborat: bilishimcha, bir qancha hadislarda Alloh taolo harom yoʻllar bilan pul topadiganlarning duolari va namozlarini qabul qilmasligi aytilgan. Agar ozgina mablagʻ harom manbadan boʻlsa va siz hali yosh boʻlsangiz, bu hadis sizga ham tegishli boʻladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shariatga koʻra, ota oʻz farzandiga nafaqa berishi vojib boʻlib, bu nafaqa farzandning ehtiyoji boʻlgan uy-joy, kiyim, yegulik, ichimlik va shunga oʻxshash narsalardan iboratdir. Agar farzand muhtoj boʻlsa, u oʻzining vojib boʻlgan nafaqasini otasining molidan garchi otasining kasbi harom boʻlsa ham  olishi joiz boʻladi. Farzandning duosiga zarar qilmaydi. chunki uning na kuchi va na quvvati bor. Bunday holatda farzand quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim:

  1. Otasining harom molidan koʻp miqdorda olmaslik;
  2. Imkon qadar mustaqil halol kasb bilan kifoyalanishga harakat qilish va otasining nafaqasidan behojat boʻlishga intilish;
  3. Ularning harom kasbdan tavba qilishlari uchun nasihat va vaʼz-eslatmada jonbozlik qilishi. Shoyad Alloh taolo hidoyat qilib, harom kasbdan tavba qilsalar.  

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Telefon orqali nikoh

    Men bir qizga nikohlanmoqchiman, lekin uning otasi boshqa mamlakatda. Hozirda men moliyaviy va boshqa sabablarga ko‘ra uning oldiga borib, barchamiz jamlanib nikoh aqdini amalga oshirishga imkonim yo‘q. O‘zim g‘arb mamlakatida yashayman. Men uning otasi bilan telefon orqali gaplashsam va u menga: «Senga qizim falonchini nikohladim», deb aytsa, men: «Qabul qildim», desam nikoh bog‘lanadimi?Agar qiz ham rozi bo‘lsa va ikkita musulmon guvoh telefonning ovoz kuchaytirgichi orqali bizning suhbatimizni eshitsa, bu shariatga ko‘ra to‘g‘ri nikoh aqdi hisoblanadimi?