Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Axloq » Ayol erining giyohvandligi sababli ajrim talab qilmogʻi
Fatvo: 204

O'qildi: 109

Iyun 16, 2025

/ 22 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Ayol erining giyohvandligi sababli ajrim talab qilmogʻi

Savol

Bir muslima ayolning eri giyohvandlikka mubtalo boʻlgan va uni shafqatsizlarcha urib, hatto oʻldirishga ham harakat qilgan. Qolaversa, ayolni toʻrt oydan buyon qarovsiz qoldirgan. Bu ishlardan soʻng ayol oʻz yurtidagi imomdan eridan ajratib yuborishni soʻradi. Imom undan sabablarni qogʻozga yozib berishini soʻradi, ammo u bunga rozi boʻlmadi. Sababi, agar yozib beray desa, butun bir kitob boʻlishini va eri hozirda mamlakatdan tashqariga safar qilganini aytmoqda. Endi u ayol nima qilishi kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: agar savolda zikr etilgan tavsif toʻgʻri boʻlsa, bu gunohning uyni vayron qilishi, oilani parokanda etishi va yakdillikni yoʻqotishida ibrat va nasihat bordir. Bu – gunohning qabih oqibatlaridandir. Shunday ekan, har bir musulmon Allohga tavba qilib, gunoh va osiylikdan tiyilishi lozim boʻladi.

Ikkinchidan: bu ayolning taloq soʻrash sababini yozishdan bosh tortishi ajablanarlidir! U aytilgan talabni bajarishi kerak. Agar shunday qilsa, unga qanday zarar bor?

Uchinchidan: Agar oʻsha shahardagi musulmon jamoasi ishlarini boshqarayotgan va soʻzi oʻtadigan shaxs juftlikning nikohda qolishi islohga olib bormasligini koʻrsa, oʻzaro kelishtirgan holda ayolni eridan ajratib xuluʼ qilishi mumkin.

Allohdan uylarimizni, musulmonlarning uylarini oshkora va yashirin fitnalardan asrashini hamda barchamizning holimizni isloh qilishini soʻraymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Keksa kishining avrat tuklarini olishga yordam berish

    Otam keksayib, gigiyena jihatidan o‘ziga qaray olmaydigan bo‘lib qolganida, men uning mo‘ylovini qisqartirar va avrat tuklarini qirib tashlar edim, ammo beixtiyor uning avratini ko‘rib qolardim. Bu gunohkor boʻlamanmi yo yo‘qmi? Chunki otasining avratini ko‘rgan kishi ikki oy ro‘za tutishi kerak, deb eshitgan edim. Bu to‘g‘rimi?
  • Tahorat duolari

    Tahorat olish asnosida aytiladigan, shariatda sobit bo‘lgan duo bormi yoki yo‘qmi?
  • Soqol masalasida ota-onaga itoat qilish kerakmi?

    Men musulmon yigitman va soqol o‘stirmoqchiman, ammo otam bunga qattiq qarshilik qilmoqda. Soqolimni o‘stirishim kerakmi yoki ota-onamga bo‘ysunishim lozimmi?
  • O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o‘qish va yozishni bilmaganliklariga biror dalil bormi?
  • Itni uni so‘yib yeydigan kishiga berish hukmi

    Bir musulmon kishi qo‘riqlash uchun it boqib oldi, lekin undan qutulmoqchi bo‘lganda, it go‘shtini iste’mol qiluvchi odamlarga berib yubordi. Bu odam to‘g‘ri ish qildimi?
  • Amir (rahbar) tayinlash

    Safarga chiqmaganda, masalan, bir guruh yosh yigitlar bitta xonadonda yashayotganda yoki shahar ichida yoxud boshqa joyda o‘tkaziladigan lagerdagi holatda kimnidir amir (boshliq, rahbar) etib tayinlashning hukmi qanday?