Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Kitoblar

  • Fatvolar

    Ko‘pchilik odamlar yengil sanagan harom amallar

    Zamoni saodatdan uzoqlashib, oxirat kuniga yaqinlashib borar ekan, insoniyat dunyoda baxtli hayot, oxiratda esa najot garovi bo‘lgan Islom dini va uning ko‘rsatmalaridan g‘ofil bo‘lib bormoqda. “Nima halol, nima harom, qaysi ishni qilsam savobga qolaman, qaysi ish bilan gunohga botaman”, deb, qadamini o‘ylab bosadiganlar kamayishga tushdi. Kofirlarni qo‘ying, musulmonlikni da’vo qiladiganlar orasiga shirk, nifoq, harom oraladi. Odamlar bunga bee’tibor, bepisand, yengil qaraydigan bo‘lib qoldi. Holbuki, harom ishlarni qilish kishini azobga loyiq qilib qo‘yadi. Alloh kechirmasa do‘zaxga giriftor qiladi. Qay birimiz azobga chiday olamiz? Kim do‘zaxga tushishni xohlaydi? Tabiiyki, hech birimiz buni istamaymiz. Shunday ekan, harom ishlarga beparvo bo‘lmaslik, ulardan uzoq bo‘lish, haromdan hazar qilish kerak. Qo‘lingizdagi ushbu moʻjaz kitob Shayx Muhammad Solih Munajjid qalamiga mansub bo‘lib, unda ko‘pchilik yengil sanaydigan, aslida harom bo‘lgan bir qancha ishlar keltirilgan. Xalqimizga manfaatli bo‘lar degan umidda kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilib, siz aziz o‘quvchilarga taqdim qilyapmiz. Shoyad, kitobda keltirilgan harom ishlardan xalqimiz boxabar bo‘lsa va bu ishlardan saqlanib, dunyo-yu oxirat azob-uqubatlaridan najot topsa. Alloh taolo barchamizga haromdan hazar qiladigan, halol-pok hayot kechiradigan chin musulmon bo‘lishni nasib etsin.
  • Fatvolar

    Qur’oni Karimdan va sahih sunnatdan 100 duo

    Barcha hamdu sanolar duogo‘y bandalarining duolarini ijobat qiluvchi Alloh taologa xosdir. U Zotning bandasi va U Zotga eng chiroyli duolar qilgan Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin. Qo‘lingizdagi ushbu kitobcha qisqa va hikmatli duolar jamlanmasidir. Unda yeru-osmonning Rabbiga iltijo qilish uchun oyatlardan tanlangan, rivoyatlardan jamlangan, avloviyotga e’tibor qaratilgan duolar mavjud. Buni musulmon birodarlarim uchun hozirladim va Alloh taolodan foydali qilishini so‘rayman. Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, kishi hokisorlik, siniqlik, o‘zini past olib, maxfiy holda va Alloh taologa sano aytib, U Zotning ne’matlarini tan olib, gunohlarga iqror bo‘lib, qat’iyatni jamlab hamda butun qalbi bilan hamma narsani unutib duo qilar ekan, bunday duo ijobat bo‘lishga loyiqdir. Alloh eshitguvchi va bilguvchidir! [Shayx Muhammad Solih]