Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2282

O'qildi: 20

16.12.2025

/ 25 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Gunohkor kishiga munosabat

Savol

Agar biror kishi gunohi bilan menga ozor bersa va bu ishini to‘xtatmayotgan bo‘lsa, men nima qilishim kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

U gunoh sizga ozor bersa-bermasa gunohkorga nasihat qilish lozim. Chunki yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish buyuk vojibotlardan biridir. Bu har doim sobitqadam bo‘lish, davomiy bo‘lish talab qilingan amaldir. Alloh taolo aytganidek:

﴿وَإِذۡ قَالَتۡ أُمَّةٞ مِّنۡهُمۡ لِمَ تَعِظُونَ قَوۡمًا ٱللَّهُ مُهۡلِكُهُمۡ أَوۡ مُعَذِّبُهُمۡ عَذَابٗا شَدِيدٗاۖ قَالُواْ مَعۡذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمۡ وَلَعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ۝١٦٤﴾

«O‘shanda ulardan bir jamoat: «Nima sababdan Allohning O‘zi halok etadigan yoki qattiq azoblaydigan qavmga pand-nasihat qilursizlar?» deganlarida, ular (ya’ni, ikkinchi toifadagi odamlar) aytdilar: «Parvardigoringizga (Qiyomat Kunida) uzrimizni aytish uchun va shoyad (ular) Allohdan qo‘rqsalar, deb (nasihat qilmoqdamiz)» (A’rof: 164).

Ibn Kasir rohimahulloh ushbu oyatning tafsirida shunday deydi: «Alloh taolo bu qishloq ahli uch guruhga bo‘linganini xabar beradi:

– Birinchi guruh taqiqlangan ishni qilib, shanba kuni baliq ovlash uchun hiyla qildi (Holbuki Alloh ularni bunday qilishdan qaytargan edi)…

– Ikkinchi guruh bu munkar ishdan qaytardi va o‘zlarini ulardan chetlatishdi.

– Uchinchi guruh esa sukut saqlab, na yomonlik qildi, na bu ishdan qaytardi.

Shunday munkardan qaytaruvchi jamoaga: «Alloh halok qiladigan yoki qattiq azob beradigan qavmga nima uchun nasihat qilasizlar?» deyishdi. Ya’ni: «Nima uchun ularni qaytarasizlar? Ular Allohning jazosiga loyiq bo‘lganini bilasiz-ku, bas, ularni qaytarishingizda foyda yo‘q» deyishdi.

Munkardan qaytaruvchilar ularga: «Rabbingizga uzr aytish uchun» (ya’ni, bizga yuklangan yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish vazifasini ado etish uchun) dedilar. «Va shoyad taqvo qilsalar», ya’ni, bu qaytarish sababli ular qilayotgan ishlaridan saqlanib, uni tark etishsa. Agar tavba qilsalar, Alloh ularning tavbasini qabul qilib, ularga rahm qiladi».

Musulmon kishi da’vat qilishning barcha uslublaridan foydalanishi kerak: gohida toat-ibodatning savoblarini eslatib rag‘batlantirish, gohida gunohning oqibati va azobidan qo‘rqitish, gohida ibrat uchun qissalarni so‘zlash, gohida ma’siyatning yomonligi va gunohkorning hayotiga salbiy ta’sir qilishini bayon qilish va hokazo.

Agar kishi bu gunohkor bilan yaqin bo‘lishga chidayolmasa, undan zarar ko‘rsa va nasihatlari foyda bermasa, undan uzoqlashib, u bilan aloqani uzadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Chekadigan kishi bilan birga o‘tirish hukmi

    Sir emaski, shariat harom qilgan tamaki hamma joyda – ishxonada, uyda va jamoat joylarida keng tarqalgan. Savol: Chekuvchilar bilan birga o‘tirish joizmi? Agar uyda yoki umumiy majlislarda chekuvchi bilan birga o‘tirgan bo‘lsangiz, u yerdan chiqib ketishingiz kerakmi?
  • Namoz oʻqimaydigan kishilarga nasihat

    Mening bir doʻstim bor. Uning aytishicha, namozni yaxshi koʻradi, lekin doimiy ravishda namoz oʻqimaydi. Baʼzida uzoq vaqt namoz oʻqimaydi, nasihatimga ham quloq solmaydi. Bu holda men nima qilishim kerak?
  • Islomga qarshi kurashuvchi sayt

    Men internetda Islomga qarshi kurashuvchi bir saytga duch keldim. Uning manzili… Unga qarshi qanday chora koʻrsak boʻladi?