O'qildi: 20
Oktabr 24, 2025
/ 2 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish qoidalari
Savol
Sir emaski, shariat harom qilgan tamaki hamma joyda – ishxonada, uyda va jamoat joylarida keng tarqalgan.
Savol: Chekuvchilar bilan birga o‘tirish joizmi? Agar uyda yoki umumiy majlislarda chekuvchi bilan birga o‘tirgan bo‘lsangiz, u yerdan chiqib ketishingiz kerakmi?
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Oʻzingiz aytganingizdek, tamaki uni harom deb hisoblaydigan umumiy dalillarga asosan taqiqlangan. Bu haqda Rasulullohdan aniq nas kelmagan, chunki tamaki yaqinda paydo bo‘lgan. Biroq, shariat qoidalari umuminsoniy bo‘lib, ba’zi matnlarda uning taqiqlanganiga ishoralar mavjud. Agar yoningizda chekmoqchi bo‘lgan odam bo‘lsa, unga muloyimlik va mehribonlik bilan nasihat qiling. Unga: «Birodarim, bu harom narsa, uni chekishing joiz emas», deb ayting. Menimcha, agar siz unga muloyimlik va yumshoqlik bilan nasihat qilsangiz, u bu ishidan to‘xtaydi. Bu da’vat uslubini boshqalar ham, oʻzimiz ham sinab ko‘rganmiz. Agar u tamaki chekishdan to‘xtamasa, undan ajralishingiz vojib boʻladi, Alloh taolo aytganidek:
«Axir Alloh sizlarga Kitobda: «Qachonki Allohning oyatlari inkor qilinayotganini va masxara qilinayotganini eshitsangizlar, to boshqa gapga o‘tmagunlaricha unday kimsalar bilan birga o‘tirmanglar», degan so‘zlarni nozil qilgan edi-ku?! (Modomiki, ular bilan o‘tirgan ekansiz), demak, sizlar ham shak-shubhasiz, ularning o‘zisiz» (Niso: 140)».
Ammo bu faqat jamoat joylariga tegishli. Agar bu ish joyida sodir bo‘lsa va siz unga tanbeh bersangiz-u, u to‘xtatmasa, u holda ish joyingizda qolishingizning zarari yo‘q, chunki bu zaruriy holat va siz undan qochib qutula olmaysiz.
Bu javob foydali bo’ldimi?