Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Qurʼon ilmlari » «Biz oyni bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» oyatining mazmuni
Fatvo: 1084

O'qildi: 33

Iyul 27, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

«Biz oyni bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» oyatining mazmuni

Savol

Men Islomga moyilman va 1994-yildan beri Qur’onni va shu yilning boshidan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o‘qib kelmoqdaman. Islom dini menda katta ma’naviy qoniqish hosil qildi. Men bu dinni qabul qilish niyatida ta’lim olmoqdaman. Qur’onning «Yosin» surasidagi bir oyatning ma’nosini to‘liq tushunmayapman va sizdan bu masalada yordam berishingizni soʻrayman (39-oyat):
﴿وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ۝٣٩﴾
«Biz oyni ham toki u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» (Yosin: 39).
Yordamingiz uchun minnatdorman. Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarning savollariga javob berib, muammolariga yechim topib berayotganingiz uchun Alloh sizni hidoyat aylasin, himoya qilsin va barakali ato etsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Avvalambor: aziz savol beruvchi, Islom dinining haqligi va u qalb ehtiyojlarini qondiruvchi, unga huzur va saodat baxsh etuvchi yagona din ekanligiga qanoat hosil qilganingiz bilan sizni tabriklamoqchiman. Savol mazmunidan ko‘rinib turibdiki, siz Islom haqida o‘qiganlaringizdan chuqur ta’sirlangansiz. Agar siz bizga hindu ekanligingizni aytmaganingizda, savolingizda qo‘llangan uslubdan sizni musulmon deb o‘ylagan bo‘lar edik. Bu yerda sizga beradigan eng muhim maslahatim – Islomga kirishga shoshiling va bu ishni kechiktirmang. Axir inson bu haqiqatlarning barchasini anglagan bo‘lsa, nima uchun Islomga kirishni kechiktirishi kerak?!

Diqqatga molik yana bir narsa shuki, Islomga kirmoqchi bo‘lgan ba’zi odamlar ehtimol dinga kirishdan oldin namoz o‘qish kabi ba’zi diniy amallarni o‘rganish kerak deb o‘ylab, dinga kirishni kechiktiradilar. Bu noto‘g‘ri fikr, chunki inson haqiqatni anglaganida darhol unga ergashishi va Islomga kirishi, so‘ngra Qur’on va sunnatni o‘rganishi, dinni tushunishi hamda qobiliyati va imkoniyatiga qarab ilm-u amal pog‘onalarida ko‘tarilishi kerak. Chunki inson o‘lim qachon kelishini bilmaydi, agar u Rabbiga Islomsiz yo‘liqsa, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘ladi, Alloh asrasin.

Shuningdek, banda dinga kirmaguncha savob olmaydi, yaxshi amallari yozilmaydi. Shu sababli Islomga kirishni kechiktirsa, ko‘p yaxshiliklardan mahrum bo‘ladi. O‘tgan umrni, yo‘qotilgan vaqtni esa qaytarib bo‘lmaydi.

Shunday qilib, Allohning izni bilan haqqa hidoyat qilingan zakovatli savol beruvchi, Yosin surasining 39-oyatining ma’nosi haqidagi savolga qaytamiz. Bu oyatda Alloh azza va jalla shunday deydi:

﴿وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ﴾

«Biz oyni ham bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» (Yasin: 39) ya’ni Biz uni oylarning o‘tishini o‘lchash mumkin bo‘lgan bosqichlardan o‘tkazib qo‘ydik, xuddi kecha va kunduz quyosh orqali bilinganidek. Alloh azza va jalla aytganidek:

﴿يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْأَهِلَّةِ ۖ قُلْ هِيَ مَوَاقِيتُ لِلنَّاسِ وَالْحَجِّ﴾

«Sizdan hilollar — yangi chiqqan oylar haqida so‘rashadi. Ayting: u (oylar) odamlar va haj uchun vaqt o‘lchovlaridir» (Baqara: 189).

Alloh taolo yana aytgan:

﴿هُوَ الَّذِي جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَاءً وَالْقَمَرَ نُورًا وَقَدَّرَهُ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ﴾

«U (Alloh) quyoshni (kunduzlari) ziyo sochguvchi, oyni esa (kechalari) nur — yorug‘lik qilgan va sizlar yillarning sanog‘ini hamda (vaqtlarning) hisobini bilishlaringiz uchun uni (ya’ni, oyni bir qancha) manzil-burjlarga bo‘lib qo‘ygan Zotdir» (Yunus: 5).

Shunday qilib, U Zot Quyoshga o‘ziga xos yorug‘lik, oyni ham o‘ziga xos nurli qilib, ularning yo‘nalishlarini turlicha qilgan. Quyosh har kuni chiqadi va kunning oxirida o‘zgarmas nur bilan botadi, ammo uning chiqish va botish joylari yozdan qishgacha o‘zgarib turadi. Buning natijasida kunduz uzayadi va tun qisqaradi, so‘ngra tun uzayadi va kunduz qisqaradi. Alloh uning hukmronligini kunduzga belgilagan, shuning uchun u kunduzgi sayyoradir.

Oyga kelsak, Alloh uning uchun manzillarni belgilagan. Oyning birinchi kechasida u xira hilol bo‘lib, kam yorug‘lik beradi, so‘ng uning yorug‘ligi bosqichma-bosqich ortib, har kecha balandroq ko‘tariladi. Har safar uning o‘rni balandlashganda, garchi u quyosh nurining aksi bo‘lsa-da, yorug‘ligi kuchayib boradi. Oyning o‘n to‘rtinchi kuniga kelib, to‘lin oy holatida uning nuri to‘liq bo‘ladi. Shundan so‘ng u kamayishni boshlaydi va oy oxirida «al-urjun al-qodim», ya’ni «eski xurmo butog‘i kabi bo‘lib egilib hilol holiga kelib».

 

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: «Bu xurmo boshining novdasidir». Mujohid: «al-urjun al-qodim – bu quruq novdadir», degan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo xurmo boshining qariganida qurib, egilib qolgan novdasini nazarda tutgan.. (Manba: Ibn Kasir tafsiri).

Oyatda oyning oxirgi holatini xurmo novdasiga o‘xshatish balog‘at va ifoda go‘zalligining yuksak namunasi, o‘xshatilayotgan narsaga atrof-muhitdan o‘xshash narsa tanlashning eng go‘zal usulidir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qur’onda besh vaqt namoz zikr qilinganmi?

    Alloh taolo aytadi: ﴿فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ۝١٧وَلَهُ الْحَمْدُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ۝١٨﴾ «Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (ya’ni, U Zotga hamd-u sano aytingiz). Oqshomda ham, peshin paytiga kirishingizda ham (Allohni poklangiz). Zero, osmonlar va Yerdagi bor hamd-u sano Unikidir (ya’ni, koinotdagi barcha mavjudot Unga hamd-u sano aytur)» (Rum: 17-18). Ushbu oyatlarda faqat to‘rtta namoz eslatilgan, holbuki musulmonlar «sunnatga qo‘shimcha ravishda» besh vaqt namoz o‘qiydilar. Nega beshinchi namoz tilga olinmagan? Men haqiqiy musulmonman va Qur’onni ayblashdan mutlaqo yiroqman.
  • Har bir guruh uchun xatolarni tuzatuvchi nazoratchi qo‘yish

    Ba’zi sayohatlarda Qur’on o‘qish dasturi bo‘ladi va ular alohida halqalarga (guruhlarga) bo‘linadi. Har bir halqa(guruh)ga Qur’onni yaxshi o‘qiydigan va xatolarni to‘g‘rilaydigan bir kishi boshchilik qiladi. Bunda biror noto‘g‘ri narsa bormi?
  • Rahmon surasining 33-oyatining tafsiri

    Men arab tilini bilmaganim sababli, «Rahmon. surasining 33-oyatini tushuntirib berishingizni iltimos qilaman. Alloh sizga yaxshilik bersin.
  • Bir bemor ustida bir nechta kishi Ruqiya qilishi

    Bir bemorning ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta qori qiroat qilishi joizmi?
  • Qur’onni bu nom bilan kim atagan

    Qur’onni bu nom bilan kim atagan? Men bir jurnalda Abu Bakr roziyallohu anhu deb o‘qidim, ammo buning to‘g‘riligiga ishonmayman, chunki Alloh subhanahu va taolo Inson surasida:إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْقُرْآنَ تَنْزِيلًا«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Bizning o‘zimiz sizga bu Qur’onni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» (Inson: 23), degan.Aziz birodarim, iltimos, menga bu masala haqida aniq tushuntirish bering.
  • Qur’ondagi «biz» olmoshining ma’nosi

    Nima uchun Qur’on oyatlarida «biz» so‘zi ishlatilgan? Ko‘plab g‘ayridinlar bu Iso alayhissalomga ishora bo‘lishi mumkin, deb aytishadi.